Kontent qismiga oʻtish

Oq parpi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oq parpi (Aconitum talassium Popov) – bu kop yillik oʻt oʻsimlik, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmasidagi son jihatdan qisqarib borayotgan, areali boʻlingan endem oʻsimlik turi.

Oq parpi
Ilmiy klassifikatsiya
Kingdom: Plantae
Order: Ranunculales
Family: Ranunculaceae
Genus: Aconitum L.
Species: A.Talassicum Popov
Ilmiy nomi
Aconitum talassicum Popov
Kamyoblik darajasi
3

Biologik tarif

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻyi 1,5 metrga yetadigan, kop yillik, tuganak, ildizpoyali oʻt. Ildizpoyasi tuganaklarning yonma-yon qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Poyalari oddiy, tik oʻsuvchi. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, qolganlari bandli, yaprogi asosigacha yirik tishli boʻlaklarga ajralgan. Gullari poyaning yuqori qismida ornashgan, yirik shingil hosil qiladi, qoʻqitmir. Iyun-Iyulda gullab, Iyul-Avgust oylarida mevasi yetiladi. Urugʻ bilan kopayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent, Fargʻona, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari: Piskom, Chotqol, Qurama, Fargʻona, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalarida tarqalgan. Tojikiston va Qirgʻizistonda ham uchraydi. Utun areali boʻylab bir-biridan ancha uzoq joylashgan katta boʻlmagan toʻplar hosil qiladi

Togʻlarni oʻrta va yuqori qismlaridagi nam yerlarda va yonbagʻirlardagi buloqlarning atroflarida oʻsadi. Baʼzan buloq boʻylarida kichik parpizorlar hosil qiladi.

Xalq tabobatida dorivor sifatida ishlatiladi.

Muhofaza choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chotqol, Zomin qoʻriqxonalarida va Milliy bogʻida oʻstiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil Kitobi: 1 jild – 2009.

Butkov A.Ya Sem. Ranunculaceae //Flora Uzbekistana. T.2. Tashkent: Izd-vo AN UzSSR, 1953, S.433-509

  • (Wayback Machine saytida 2019-05-26 sanasida [https://web.archive.org/web/20190526172740/http://www.plantarium.ru/page/view/item/604.html arxivlangan) Bores Talasskiy – Plantarium]