Oq uylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oq Uylikdan yoʻnaltirildi)

Oq uylik — qadimda va oʻrta asrlarda davlatlararo siyosiy munosabatlarda siyosat garovi tariqasida bir davlatdan ikkinchi davlatga beriladigan kishilar. Oʻrta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida bir. hukmdor ikkinchi bir hukmdorga doʻstligi yoxud tobeligi isboti tariqasida oʻz tomonidan Oq uylik yuborar edi. Oq uylik sifatida tobe xukmdorning oʻgʻli, birodari yoki mamlakatning mashhur kishilaridan bir guruxi yuborilgan. Oq uyliklar mamla-katda doim nazorat ostida va xavfda yashardilar, chunki ularni yuborgan hukmdor oʻz axdini buzsa, Oq uyliklar oʻldirilishi mumkin edi. Baʼzan hukmdorlar oʻzlariga muxolif boʻlgan shahzodalar yoxud zodagonlarni tantanali suratda Oq uylik qilib yuborib, ulardan qutulganlar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil