Ommaviy jamiat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

OMMAVIY JAMIYaT hozirgi zamon jamiatning qator oʻziga xos tomonlarini ifodalovchi tushuncha. Jamiyat barcha sohalarining keng ommaviylashuv jarayoni tubdan yangi mehnat quroli mashinalarning paydo boʻlishidan boshlangan edi. Ommaviylashuv iqtisodiyot sohasida boshlanib, asta- sekinlik bilan jamiyatning boshqa sohalarini ham qamrab oldi. Ommaviy jamiat nazariyasi ildizlari oʻrta asrlardagi anʼanaviy ijtimoiy munosabatlarga zid ravishda shakllangan yangi munosabatlarga qarshi konservativ gʻoyalar bilan bogʻlikdir (E.Berk, J. de Mestr, A.Bonald). Yangi tartiblarning muqarrarligini anglagan fransuz mutafakkiri A.Tokvil (1805- 1859) yangi jamiyatni undagi erkinlik va tenglik munosabatlari nuqtai nazaridan tavsiflaydi. U oʻzining „Amerikada demokratiya“ asarida: "Mening dikkatimni jalb qilgan yangiliklar ichida xech qaysisi sharoitlarning umumiy tengligi kabi hayratlantirgan emas, deb yozdi. U demokratiyani goh jamiat barcha tomonlarini tenglashtirishga intilish, goh halk, goh bevosita boshqarish shakli sifatida talqin qildi, tenglikni amalga oshirish uchun markazlashtirish va byurokratlashtirish ijtimoiy hayotning barcha soxalari ustidan burjua nazoratini oʻrnatishga olib kelishini koʻrsatdi. 2- jahon urushidan soʻng Ommaviy jaimat kontseptsiyalarining asosiy yoʻnalishi avtoritar tendentsiyalarni tanqid qilishga qaratildi. Ommaviy jamiatni yangicha talqin qilish hozirgi zamon jamiyatidagi muxim jarayonlarni toʻgʻri tushunish imkonini beradi. Ommaviylashuv jarayoni jamiyatning barcha soxalarida katta imkoniyatlar ochib berishi bilan bir qatorda maʼnaviyat sohasida qator muammolarni keltirib chiqarganligi tufayli Ommaviy jamiat kontseptsiyalari ham koʻpdir. Jamiyat xayotining turli sohalarida kechayotgan ommaviylashuv jarayonlari, shubhasiz, oʻzining miqyosi, mohiyati va namoyon boʻlish shakliga koʻra bir-biridan farq qiladi. Nomoddiy ishlab chiqarishning turli koʻrinishlarida esa u yoki bu darajada ommaviy faoliyatning texnologik, tashkiliy va b. tarkibiy qismini yaratadi. Mas., hozir zamon fani minglab odamlarni birlashtirgan yirik tashkilotlarni qamrab oladi. Bu haqiqatan ham axborotni (bilimni) ommaviy, industrial shaklda ishlab chiqarishdir. Istemol, insoniy munosabatlar, maishiy sohalarda ahvol boshqacha. Ularda ommaviylashuv kishilar faoliyatini qatʼiy rasmiy tashkil etishni talab kil- maydi. Lekin bunda xam oʻziga xos kurinishda om- maviy faoliyat mavjuddir: ishtirok etadigan in- dividlarning kupligi, ular faoliyatining oʻxshashligi, faoliyatni tanlash imkoniyati nuqtai nazaridan erkinligi va b. ommaviylashuv jarayoniningham eniga ham boʻynga (gorizontal va vertikal)chukurlashib borishi jamiyat taraqqiyotida qonuniy, zaruriy hodisa boʻlib, kelgusi jamiyat va inson kiyofasini belgilashda turli imkoniyatlar yaratadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Oʻbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti" „Sharq“ Nashriyot_Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2004