Oltinsarin Ibray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oltinsarin Ibray (1841.20.10 -1889.17.7) — qozoq yozuvchisi va maʼrifatparvari, milliy badiiy nayerning asoschilaridan. Orenburg shahridagi rus maktabida oʻqigan (1850— 57). 1860—69 yillar Toʻrgʻaydagi rus-qozoq maktabida oʻqituvchi, 1879 yildan Toʻrgʻay viloyatidagi qozoq maktablari inspektori. O.ning tashabbusi bilan qozoq bolalari uchun 7 ta boshlangʻich volost maktabi, 4 ta 2 yillik maktab, 1 ta hunar bilim yurti va qozoq oʻqituvchilari uchun maktab ochilgan (1883 yil Orsk shahri). O. shu maktablar uchun ilk dareliklar, majmualar ("Qirgʻiz xrestomatiyasi", 1879) yozgan. "Daryo", "Yoz", "Kel bolalar, oʻqiylik!" singari vatanparvarlik, insonparvarlik ruhidagi sheʼrlari, "Qipchoq Saidqul", "Boy bolalari bilan Husan" sin-gari axloq-odobga oid kitoblari ilk marotaba ana shu majmualarga kiritilgan. Qozoq folkloriga oid bir qancha asar toʻplagan va nashr ettirgan ("Luq-moni Hakim", "Yolgʻonning zarari", "Saxiy", "Izbosti biy" balladalari, "Qora botir", "Kal bola" ertaklari, "Qoʻblandi" eposi va boshqalar).

O. Jan Pyer Beranje, I. A. Krilov, L. N. Tolstoy va boshqalarning asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan. Ular qozoq tilidagi birinchi badiiy nasr namunalari hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil