Olimjon Shokirov
Qiyofa
Olimjon Zokirovich Shokirov sharqshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1936-yil 19-sentyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1960-yilda Toshkent davlat universiteti sharq fakultetining kechki bo'limiga kirib o'qidi va uni 1966-yil eron filologiyasi ixtisosligi bo'yicha tugatdi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1956-yildan o'rta maktabda mehnat faoliyatini boshladi.
- 1970-yilda o'qituvchilikka o'tadi va fors tilidan dars bera boshlaydi.
- 1966-yil eron-afg'on filologiyasi kafedrasida laborant bo'lib ishda qoladi.
- 1970-yilda o'qituvchilikka o'tadi va fors tilida dars bera boshlaydi.
- 1975-yilda eron-afg'on filologiyasi kafedrasida dars berishni davom ettiradi va ushbu kafedrada o'qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi.
- 1975-yildan katta o'qituvchi lavozimida ishlaydi.
- 1987-yildan boshlab dotsent lavozimida ishlab, dariy va fors tillari, dariy va o'zbek tillarining qiyosiy grammatikasi kabi fanlardan dars beradi.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]O. Shokirov 1971-yilda SSSR FA Sharqshunoslik institutining aspiranturasiga o'qishga kiradi. 1975-yilda mazkur institutning ilmiy kengashida "Лексико-стилистической аспект модернизации языка дари в журнале "Жвандун" degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U bir necha ilmiy maqolalar va o'quv qo'llanmalar yozgan.
Xorijiy mamlakatlardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1968-1970, 1978-1980-yillar Afg'onistonda dariy tilidan tarjimon bo'lib ishlagan.
Asosiy ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dariy tilida o'quv matnlari. T.,1981.
- Russko-dari razgovornik. T., ToshDU, 1983.
- Dariy tilidagi diktant turlari. T., ToshDU, 1989.
- So'zlashuv tilini yuqori kurslarga o'tish. T., ToshDU, 1990.
- ↑ Abdusamatov, Malik. O'zbekiston sharqshunoslari, Toshkent, 1996 — 436-bet.