Kontent qismiga oʻtish

Oleksandr Kucherenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleksandr Kucherenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oleksandr Yevhenovych Kucherenko
Tavallud sanasi 1-oktyabr 1991-yil (1991-10-01) (32 yosh)
Tavallud joyi Slovyansk, Ukraina
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Tayanch yarimhimoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Veres Rivne
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Slovkhlib Slovyansk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009–2010 Slovkhlib Slovyansk 2 (0)
2011 Avanhard Kramatorsk 14 (1)
2011–2013 Nistru Otaci 41 (3)
2013–2014 Costuleni 27 (0)
2014 Veris Chișinău 14 (2)
2015–2017 Zirka Kropyvnytskyi 62 (8)
2017–2021 Inhulets Petrove 92 (5)
2021–2022 Volyn Lutsk 13 (1)
2022–2023 Inhulets Petrove 26 (1)
2023– Veres Rivne 24 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Moldova U19 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 20-iyun uchun)

Oleksandr Yevgenovich Kucherenko (ukraincha: Олександр Євгенович Кучеренко; rumincha: Alexandru Cucerenco; 1991-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) – Ukraina Premyer-ligasining Veres Rivne klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi[1]. Ukrainada tugʻilgan, Moldovaning yoshlar terma jamoasida 1 ta oʻyin oʻtqazgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleksandr faoliyatini Ukraina havaskorlar chempionatida Slavyanskning „Slavxleb“ klubida boshlagan. U „ Avanhard Kramatorsk“ jamoasi tarkibida oʻynab, Ukraina Ikkinchi ligasi oʻyinlarida maydonga tushgan. 2011-2012-yilgi qishki transfer oynasida u Moldova chempionati jamoasiga oʻtib 2014-yil oxirigacha oʻynagan.

2011-yilda Ukraina Ikkinchi ligasida Kramatorskning „Avangard“ jamoasida oʻynagan. 2011-2012-yil qishida Kucherenko Moldovaning „Nistru“ (Otaci) klubiga oʻtgan. Moldova futbol federatsiyasi tomonidan 1994-yilda tugʻilgan Moldova fuqarosi deb eʼlon qilingan va tez orada mamlakat yoshlar terma jamoasiga chaqiruv olgan. „Nistru“ jamoasi tarkibida bir yarim yil oʻynaganidan soʻng, klubning sobiq bosh murabbiyi Lilian Popesku Aleksandrni „Kostuleni“ jamoasiga taklif qilgan. Keyinchalik esa murabbiyga ergashib, futbolchi Veris jamoasiga oʻtgan.

2014-yil dekabr oyida Kucherenkoning hujjatlarida tugʻilgan sanadagi nomuvofiqliklar keng ommaga maʼlum boʻldi va bu xolat „Veris“ jamoasiga oʻtkazilgan barcha 14 ta oʻyinda texnik magʻlubiyat yozilishi mumkunligi aytilgan. Masalani sudgacha olib bormaslik uchun „Veris“ rahbariyati jamoani chempionatdagi ishtirokini toʻxtatgan. Toʻxtatilishning rasmiy sababi esa mamlakat kubogi chorak finalidagi hakamlikdan norozi ekani aytilgan. Kucherenkoning oʻzi esa Moldaviya futbol federatsiyasi shafeligidagi turnirlarda ishtirok etishdan chetlatilgan[2].

2015-yilda u Kirovogradning Zvezda jamoasi bilan shartnoma imzolagan[3]. Jamoa tarkibida 2016-yilda u Ukraina Birinchi ligasi chempioni boʻlgan. 2017-yilning yozida u jamoani tark etdi[4]. Keyinchalik u Petrovskiy „Ingulets“ bilan shartnoma imzolagan.

Zvezda (Kropyvnitskiy)
  • Ukraina birinchi ligasi gʻolibi : 2015-2016-yil

2012-yilda Kucherenko 1994-yilda tugʻilgan Moldova fuqarosi ekanligini taʼkidlab, „Nistru Otaci“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Keyingi yili u Moldova 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga chaqirilib, bitta oʻyin oʻtkazgan. Biroq avvalroq u oʻzini boshqa jamoalarda 1991-yilda tugʻilgan Ukraina fuqarosi sifatida koʻrsatgan edi. Shu sabablarga koʻra 2014-yil oxirida Moldova futbol federatsiyasi tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan, biroq xulosalar noaniq edi[5].