Oleg Liptsin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleg Liptsin
Tavalludi 1960-yil
Kiyev, Ukraina SSR, SSSR
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi teatr rejissyori

Oleg Feliksovich Liptsin (1960-yil, Kiyevda tugʻilgan) – amerika-ukrainalik teatr rejissyori, aktyor, teatr tadqiqotchisi va oʻqituvchisi; A. A. Vasilev boshchiligidagi Moskva teatr dramatik sanʼat maktabining asoschilaridan biri, Xalqaro ijodiy teatr ansambli (ITE) uyushmasining badiiy rahbari, Igra teatri seminari (SIT) direktori, bir qator teatr mukofotlari laureati, Sanʼatshunoslik fanlari nomzodi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiyev Milliy qurilish va arxitektura universitetini, Moskvadagi Rossiya tatr sanʼati institutining rejissyorlik boʻlimini (M. M. Butkevich va A. A. Vasilyev kursi) va Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining rejissyor assistentini tamomlagan.

1988-yilda Kiyev avangard teatri „Teatralna klub“ ni tashkil etgan va 1995-yilgacha boshqargan.

1994-yildan beri AQShda yashab, AQSH, Ukraina, Avstriya, Fransiya, Rossiya va Tayvanda sahna asaralri tashkil yaratish va oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullangan. Moskvadagi aktyorlik fakultetida dars beradi, Kiyev drama rejissyorligi magistratura kursining badiiy rahbari, Fransiyada dramatik sanʼat professori, Germaniyadagi Oliy kino va televideniye maktabining yetakchi oʻqituvchisi.

ITE mustaqil teatrlar va rassomlar xalqaro tarmogʻining asoschilaridan biri[1]. 2013-yilda Kiyevda boʻlib oʻtgan Zamonaviy Ukraina teatri festivalini tashkil qilgan[2].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiyev, Moskva, San-Fransisko, Parij sahnalarida 50 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan; Kanada, Germaniya, Avstriya, Ispaniya va Hindistonda postanovkalar chiqargan[3] .

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

A.Jivova bilan hamkorlikda atoqli ustoz va teatr nazariyotchisi M. Butkevich ijodiy merosiga bagʻishlangan [royallib.com/book/butkevich_mihail/k_igrovomu_teatru_liricheskiy_traktat.html ikki jildlik asar] ni tayyorlab nashr ettirgan, rol ijrosiusullari haqida qator maqolalar chop etgan.

Tanlangan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Liptsin O. F. Igrovoy teatr kak metodika vospitaniya sovremennogo aktyora i rejissyora: Avtoref. dis. … kand. iskusstvovedeniya. – M., 2010. – 24 s.

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Kiyevska pektoral“ (1993) „Dram teatrining eng yaxshi spektakli“ va „Eng yaxshi rejissyorlik ishi“ nominatsiyalarida – J. Joys („Teatralna klub“ teatr studiyasi)
  • „Eksperiment“ (Teatr xodimlari uyushmasi mukofoti, Kiyev, 1996)[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The ITE“ (en). InternationalTheaterEnsemble. 2018-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
  2. Егорченко, 2013.
  3. Александров А. 2007.
  4. Режиссёр Олег Липцын инициирует новый театральный фестиваль // Киевская правда. — 2013. — Andoza:Бсокр. Архивировано 4 mart 2016 года.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]