Okey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Global Language Monitor assotsiatsiyasi maʼlumotiga ko‘ra, 2014-yil 23-mart kuni „okey“ (OK) so‘zi 175 yoshga to‘ldi. „OK“ sayyoramizda eng keng tarqalgan va umum tan olingan so‘z hisoblanadi.[1]

Kelib chiqishi[tahrir]

1839-yilning 23-martida o‘sha paytda AQShning eng ommabop nashrlaridan biri bo‘lgan The Boston Morning Post gazetasi sahifalarida ushbu so‘z ilk bora paydo bo‘ldi.[2]

So‘zning kelib chiqishi haqida ko‘plab versiyalar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, XIX asrning 30-yillarida o‘ynoqi qisqartma so‘zlar urfga kirgan. Boston gazetasi jurnalistlari "oll correct" („all correct“ — „hammasi to‘g‘ri“ so‘z birikmasining buzib yozilishi) so‘z birikmasidan „OK“ qisqartmasini yaratishgan.

1840-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida „okey“ so‘zi yanada ommalashadi. Gap shundaki, nomzodlardan biri Martin Van Byuren Nyu-York shtatining Kinderxuk shahridan bo‘lib, uning saylov kampaniyasi shiori „Old Kinderhook is OK“ deya jaranglar edi. Natijada ushbu qisqartma so‘z xalq tiliga yanada chuqurroq kirib bordi.

Yana bir versiyaga ko‘ra, so‘zning kelib chiqishi AQShning yettinchi prezidenti Endryu Jekson bilan bog‘liq. U shunchalik darajada savodsiz bo‘lganki, davlat hujjatlariga „all correct“ o‘rniga „oll correct“ rezolyutsiyasini qo‘ygan.

Baʼzilar „okey“ aslida boshqa tillardan o‘tgan, deya taxmin qiladi. Hatto, rus tilidagi “очень хорошо” „OK“ uchun asos bo‘lgan, degan fikrlar ham bor.

Shuningdek, uning urush davrlarida paydo bo‘lgani haqida gumonlar mavjud. Ularga ko‘ra, urushda bironta ham qurbon bo‘lmagan kuni raportga „0 killed“ (o‘lganlar nolta) — qisqacha „OK“ deya qayd etilgan.

Ayni paytda „okey“ qariyb butun dunyo bo‘ylab ishlatiladi. AQShning o‘zida esa Okey deb nomlanuvchi shaharcha ham mavjud. U rasmiy qisqartmasi OK bo‘lgan Oklaxoma shtatida joylashgan.

Manbalar[tahrir]

  1. Самому распространенному слову на планете - «ОК» - исполняется 175 лет
  2. Dunyodagi eng ommabop so‘z — „OK“ 175 yoshga to‘ldi