Nikolay Ogaryov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ogaryov Nikolay Platonovichdan yoʻnaltirildi)

Nikolay Platonovich Ogaryov [1813.24.11 (6.12), Peterburg -1877.31.5 (12.6), Grinvich (Angliya)] -rus publitsisti, shoiri, jamoat ar-bobi. 1820-yildan boshlab Moskvada yashagan. 1825—26 yillarda olis qarin-doshi A.I.Gersen bilan tanishgan. Dekabristlar harakati va qoʻzgʻolonining bostirilishidan keyin Rossiyada pay-do boʻlgan sharoit ular dunyokarashining shakllanishiga katta taʼsir kursatgan. 1831-yilda O. Moskvadagi tashqi ishlar arxiviga ishga va Moskva universitetiga uqishga kiradi. Ammo oradan bir yil utgach, universitetni tashlab, Gersen va boshqa maslakdoshlari bilan birga fransuz sotsi-al utopistlari taʼsiriga beriladi. 1834-yilda "hukumatga qarshi toʻgarak" yigʻilishlarida qatnashgani uchun hibsga olinib, 1835-yilda otasi nazorati ostida yashash sharti bilan Penza gubernya-siga surgun qilinadi. 1838-yilda Kavkazda davolanish paytida A.I.Odoyevskiy va boshqa surgun qilingan dekabristlar bilan tanishadi. 1840-yildan boshlab sheʼr yoza boshlaydi va sheʼrlari V. G. Belinskiy singari tanqidchilar tomonidan iliq kutib olinadi.

Ogaryov 1856-yilda Londonga koʻchib borib, Gersen bilan birga chor hokimiyatiga qarshi siyosiy faoliyat bilan shugʻullanadi. Ular "Polyarnaya zvezda" ("Qutb yulduzi") almanaxidan tashkari, "Kolokol" ("Bong"), "Golosa iz Rossii" ("Rossiyadan sadolar") singari nashrlarni chiqarish va tarkatish ishlarini yulga quyadilar. Ogaryov ayni paytda An-gliyadagi yosh rus muhojirlari bilan aloqa oʻrnatadi, qizgʻin siyosiy va adabiy faoliyat bilan shugʻullanadi.

Ogaryov ijodining dastlabki bosqichida romantik sheʼriyat ustuvorlik qilgan. hatto muhabbat va peyzaj lirikasining goʻzal namunalari yaratilgan boʻlsa, keyinchalik publitsistik ohanglar birinchi uringa chiqqan. Muhojirlik lirikasi esa ochikdan-ochiq rus inqilobiy demokratlarining gʻoyaviy kurashlariga xizmat qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Ogaryov Nikolay Platonovich Jump to navigationJump to search " OʻzME. Oʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Stixotvoreniya i poemi, M., 1961.