Ogʻaliq
Ogʻaliq — Buxoro xonligidagi mansabdor shaxs; xon, amir maslahatchisi. Shayboniylar davrida joriy etilgan. Xonlikdagi 4 beklik (Chorjoʻy, Qarshi, Shahrisabz va Kitob) uzoq, vaqt markaziy hokimiyatga boʻysunmay kelganlari tufayli xonlik bilan bekliklar aholisi oʻrtasida vositachilik rolini oʻynovchi Ogʻaliq mansabi taʼsis etilgan. Yurtning eng xurmatli, nufuzli oqsoqollaridan xalq yigʻinlarida Ogʻaliq mansabiga tavsiya etilgan kishiga amirlik tomonidan maxsus yorliq berilgan. Ogʻaliq xonlik va xalq oʻrtasidagi vakil hisoblanib, aholi turmushining barcha dolzarb masalalarini yechish huquqiga ega boʻlgan. Viloyat va saltanat miqyosidagi eng muhim masalalarda ham Ogʻaliqqa murojaat qilingan. U xalq ommasini amaldorlarning turli tazyiqlaridan himoya qilgan. Ogʻaliqning eng asosiy vazifasi — xalq bilan bek va amir oʻrtasida murosachilik yuritish, fuqarolar kayfiyatidan xabardor boʻlish hamda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli koʻngilsiz tasodiflarni bartaraf etishdan iborat edi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |