Ogʻzaki anʼanadagi musiqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ogʻzaki anʼanadagi musiqa, anʼanaviy musiqa — musiqa ijodiyotining asosiy turlaridan. Qa-dimdan odamlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish jarayoni (mehnat, ma-rosim va boshqalar)da yuzaga kelib, tarixiy rivoji natijasida ikkita asosiy — xalq musiqa ijodi (musiqiy folklor) va ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa (mumtoz musiqa, bastakorlik) qatlamlariga ajratilgan. Ogʻzaki anʼanadagi musiqam. ijodkorlari ommaviy badiiy ongning xususiyatlariga izchil tayanib, muayyan davr, us-lub va boshqalarning estetik qonunlari, ijo-diy qoidalariga qatʼiyan boʻysunadi. Shu nuqtai nazardan Ogʻzaki anʼanadagi musiqam., aksar hollarda individual obrazlar yaratishga qaratilgan kompozitorpmk ijodidan farq qiladi. Oʻz tabiatiga koʻra, Ogʻzaki anʼanadagi musiqam. nota yozuvida "mustaxkamlangan" mualliflik asarlardan emas, balki ogʻzaki shaklda, avloddan avlodga meros boʻlib oʻtgan namunalardan iborat boʻladi. Maz-kur namunalarning badiiy ifodasi turli jarayonlar, oʻziga xos yoʻllar or-qali gavdalanadi. Ustozlardan bevosita eshitib oʻrgangan namunalarga shogird sozandaxonandalar oʻz qissalarini qoʻshadilar, yoinki boshqacha variant (yoʻl)lar yaratib, ijro etadilar. Oʻzbek musiqa merosini xalq musiqa ijodi (mehnat va marosim qoʻshiklari, yalla, lapar, termalar, oʻyin-raqs va lirik kuylar kabi) hamda ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa (maqom, ashula, cholgʻu yoʻllari va boshqalar) janrlari tashkil etadi.

Olimjon Bekov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil