Obiy,behi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obiy,behi - ikalasi ham fors tili materiali bo'lib,oʻzbek tiliga oʻzlashgan.Alisher Navoiy asarlarida: Behi rangidek oʻlmish dardi hajringdan manga siymo, Dimogʻim ichra har bir tuhmi yangligʻ donai savdo. (Badoe ul-vasat, 34) Ne soʻzdaki sa'y oshkor qilib, Chu xasm oʻldi obiy madoro qilib. (Saddi Iskandariy, 1363)

Qoʻllanish davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu soʻzlar faqat XIV-XV asrlarda,aniqrogʻi,Alishe Navoiy asarlarida qoʻllangan.Zamaxshariy lugʻatida a:bi shaklida berilgan.

Behi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Behi soʻzi izofa orqali yangi ma'no atab,olmalar turkumiga kiruvchi meva nomini bildiradi.Soʻzning asosi beh boʻlib,yaxshi,yoqimli,koʻrinishli,yaxshi hidli ma'nolarida kelib,behi hidli,yoqimli meva demakdir.

Obiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obiy soʻzi ham izofa vositasida yasalgan.Soʻzning asosi ob - suvdir.Obiy soʻzi behining oʻzini emas, uning bir turi nomini anglatadi.Bundagi asosiy ma'no suvning koʻkligi, rangi asosga olingan boʻlib,obiy - koʻkish, koʻk, koʻkligi ,oʻxshashligi asosiy oʻrinda turadi.Demak, behi soʻzi mevaning hidi,xususiyati asosida,obiy-oby soʻzi esa mevaning rangi asosida aytiladi.

Shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obiy,behi soʻzlari hozirgi eroniy tillarda: tojik tilida beh-bihi, oby (bihi oby - behining bir turi), fors tilida beh,abi tarzida qoʻllanadi.Bundan tashqari, osetin tilida bia,fors tilida bia,obia,gruzin tilida bia,abxaz va boshqa qoʻshni tillarda bia,bin kabi shakllari ham mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. Meva nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 18-19 bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.