Obinovvot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obinovvot — yuqori sifatli, serhosil, turshakbop oʻrik navi. P.P. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutning Samarqand filialida Koʻrsodiq va Arzami navlarini chatishtirib yaratilgan. (K.V.Vasilyev, L.A.Protasevich). Daraxti katta, shakl berilsa, yanada yaxshi oʻsadi. Koʻchati ekilgandan keyin 3-yilidan meva bera boshlaydi. 5—6 yoshdan toʻla hosil beradi. Iyun oyining 3-oʻn kunligida pishadi. Mevalari yirik va oʻrtacha yirik, vazni 35— 40 g , tuxumsimon, sariq, qizil mumgʻubor bilan qoplangan. Eti sariq, danagidan oson ajraladi. Tarkibida 16% qand, 0,5% kislota bor. O. shamolga bardoshli, yetilib pishgani toʻkilmaydi, novdalarda turib turshakka aylanadi. Quritilganda 23—25% bargak, 30—32% turshak tushadi. Togʻli va togʻ etagi mintaqalarida moʻl hosil beradi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil