Ob-havo xizmati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ob-Havo Xizmatidan yoʻnaltirildi)

Ob-havo xizmati — xalq xoʻjali-gini yoki uning biror tarmogʻini, shuningdek, Vatan mudofaasini kundalik ob-havo va ob-havo prognozlariga tegishli maʼlumotlar bilan taʼminlash vazifasini oʻtaydigan tashkilot. Bu tashkilot ishi meteorologiya va aerologiya kuzatish st-yalari maʼlumotlariga asoslanadi. O.-h. x. barcha davlatlarda mavjud. Mas, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshkarmasi bu ishlarga rahbarlik qiladi (qarang Boshgidromet). Bevosita ob-havo muammolari bilan gidrometeorologiya markazi shugʻullanadi. Bundan tashqari, har bir viloyatda gidrometeorologiya boshkarmasi mavjud boʻlib, ular zimmasiga, boshqa ishlar qatori O.-h. x. ham yukla-tilgan. Umuman, Jahon meteorologiya tashkiloti tashabbusi bilan 3 ta (Moskva, Melburn, Vashington) jahon, 34 ta regional va 185 ta milliy meteorologiya markazlari tashkil etilgan. Ana shu 34 ta regional markazlardan biri Toshkentda joylashgan. Jaxrn ob-havo xizmati tarmogʻi har kuni quruklikda joylashgan 10 000 ta meteorologik, 1000 ta aerologik, 7300 ta suzuvchi ke-malar, dare va okeanlarning sayoz yerlarini koʻrsatuvchi 600 ta Kuchma ni-shonlar, shuningdek, 70000 ga yaqin qoʻshimcha maʼlumotlarni beradigan va 3000 ta havo kemalaridan axborot oladi. Xalqaro kelishuvga binoan, har bir davlatdagi O.-h. x. quyidagi ishlarni bajaradi: barcha meteorologiya kuzatish styalari (quruklikda, dengiz va togʻlarda) bir xil muddatga ob-havoni kuzatish; aerologiya st-yalarida radiozond, samolyot, aerostat va uchar sharlar yordamida har xil balandliklardagi meteorologik elementlar — havo temperaturasi, bosimi va namligi, shamol tezligi va yoʻnalishi, bulutlar va boshqalarni bir vaqtda kuzatish; meteorologik va aerologik kuzatish natijalari har xil uzatish vo-sitalari yordamida markaziy tashkilot va gidrometeorologiya markazlariga yuborish; gidrometeorologiya markazlarida tuzilgan sinoptik va aerologik haritalar, vertikal qirqim va grafiklar taxlil qilinib ob-havo xizmati holati, uning rivoji, boʻlajak ob-havo sharoitlari aniklanib tegishli muas-sasalarga yuboriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil