Kontent qismiga oʻtish

OMON (Belarussiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maxsus maqsadli politsiya otryadi (ruschada: Отряд милиции особого назначения (ОМОН)) - Belarusiya ichki ishlar organlarining maxsus maqsadli bo'linmasi hisoblanadi. Jamoat xavfsizligi politsiyasining bir qismi bo'lib, ichki ishlar organlarining vakolatlari bilan bog'liq maxsus vazifalarni bajaradi.

Asosiy vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil, Ozodlik kunida
2020 yil 30-avgust
2020-yil, 29-avgust, Minskdagi ayollar marshi
  • maxsus kuchlar bo'linmalarining vazifalarini bajarish;
  • ichki ishlar bo'limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'tkaziladigan maxsus operatsiyalarni qo`llab-quvvatlash;
  • ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibini buzish va tartibsizliklarning, terrorchilik harakatlari va ekstremistik ko‘rinishlarning oldini olish;
  • jamoat tartibini himoya qilish va jamoat xavfsizligini, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;
  • kriminogen vaziyatning murakkablashuviga nisbatan tezkor munosabatni ta'minlash;
  • qurolli qarshilik ko‘rsatgan, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan yoki ularni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni, uyushgan jinoiy guruhlar, jinoiy tashkilotlar yoki jinoiy guruhlar a’zolarini, shuningdek boshqa jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni qamoqqa olish;
  • to'satdan paydo bo'lgan xavfsizlik tahdidlariga javob berish uchun tezkor-jangovar guruhlarning kecha-yu kunduz navbatchiligini ta'minlash;
  • fuqarolarning xavfsizligiga, tashkilotlarning faoliyatiga va jamoat tartibiga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganda, shuningdek Belarus Respublikasi mudofaasi manfaatlarini ko'zlab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.
Shevron

Tashkil topish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yil, 3-oktyabrda SSSR Ichki ishlar vazirligining buyrug'i bilan Sovet Ittifoqi hududida birinchi 19 ta maxsus politsiya bo'linmalari tashkil etiladi.

1988-yil 22-noyabrda Minsk shahar ijroiya qo'mitasining ichki ishlar boshqarmasi buyrug'iga asosan mamlakatda zo'ravonlik, tajovuzkorlik bilan bog'liq xavfli jinoyatlar sonining ko'payishi hamda noqonuniy, shu jumladan ekstremistik tashkilotlar faoliyatining kuchayishi munosabati bilan respublikadagi birinchi maxsus politsiya otryadi tashkil etildi (Minsk "OMON"chilari).

SSSR parchalanganidan keyin OMON Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yurisdiksiyasi va Minsk shahar ijroiya qo'mitasining Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbarligi ostida qoldi.


Keyinchalik esa Belarus Respublikasining barcha viloyati markazlarida shunga o'xshash bo'linmalar tashkil etiladi.

Boshliqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vazifadoshlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belarusiyada shunga o`xshash bo'lgan boshqa birliklar ham mavjud: SPBT Almaz, SOBR, KGB Alfa .

Xalqaro sanksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

OMON zobitlari bir necha bor xalqaro sanksiyalarga duchor bo`lishgan. 2020-yil, 2-oktyabrda Yevropa Ittifoqi o'zining sanksiyalar ro`yxatiga (санкционный список[be-tarask]) Minsk, Vitebsk, Gomel va Brest "OMON"chilarining qo'mondonlari Dmitriy , Leonid Juravskiy, Mixail Domarnatskiy, Maksim Mixovichlarni kiritdi[2]. Xuddi shu xodimlar Buyuk Britaniya [3], Kanada [4] va Shveytsariya [5] sanksiyalar ro'yxatiga ham kiritilgan. Qo'shma Shtatlar 2-oktyabrda Dmitriy Balabani maxsus tayinlangan fuqarolar va taqiqlardagi shaxslar ro'yxatiga qo'shdi [6]. 23-dekabrda Minsk "OMON"i ham AQSh sanksiyalari ostida qoldi[7].

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Что за человек возглавил ОМОН“. 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  2. „Council Implementing Regulation (EU) 2020/1387 of 2 October 2020 implementing Article 8a(1) of Regulation (EC) No 765/2006 concerning restrictive measures in respect of Belarus // Official Journal of the European Union L 319 I“. 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
  3. „Consolidated List of Financial Sanctions Targets in the UK“ (en). Office of Financial Sanctions Implementation HM Treasury (2021-yil 25-iyun). 2021-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
  4. „Belarus sanctions“ (en). Министерство международных дел Канады (2020-yil 15-oktyabr). 2021-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
  5. „Searching for subjects of sanctions“. 2021-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
  6. „Treasury Sanctions Belarus Officials for Undermining Democracy“ (en). Министерство финансов США (2020-yil 2-oktyabr). 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
  7. „Treasury Sanctions Additional Belarusian Regime Actors for Undermining Democracy“ (en). Министерство финансов США (2020-yil 23-dekabr). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]