Olga Suxareva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O. A. Suxarevadan yoʻnaltirildi)

Olga Aleksandrovna Suxareva (1903—1983) — etnograf olima, tarix fanlari doktori.

Olga Suxareva 1903-yil 15-fevralda Samarqand shahrida tugʻilgan. U tomonidan Buxoro va Samarqand shaharlarining tarixiy topografiyasi, toponimiyasi oʻrganildi. 1921-yilda Olga Suxareva Oʻrta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Turkiston Sharqshunoslik institutiga oʻqishga kiradi va 1925-yilda bitiradi. 1940-yil 15-fevralida Leningrad davlat universitetining filologiya fakultetining etnografiya boʻlimida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. O. A. Suxareva 1946-yilgacha Samarqanddagi Oʻzbekiston Davlat universiteti Tarix fakultetida ishladi. U Oʻrta Osiyo xalqlari etnografiyasidan maʼruzalar qildi.

1946-yilda O. A. Suxareva Toshkentga keldi va OʻzSSR FA Tarix va arxeologiya institutida 1967-yilgacha ishladi. 1967-yilda O. A. Suxarevaga Moskvaga keladi va 1968-yilda unga SSSR FA Etnografiya institutida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston boʻlimi mudiri lavozimi beriladi.[1]

O. A. Suxareva 1983-yilning 22-yanvarida Moskva shahrida vafot etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кармышева Б. Х. Ольга Александровна Сухарева (некролог) // Советская этнография. 1983. N 6. С. 158-160

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Сухарева О. А. К истории городов Бухарского ханства. Историко-этнографические очерки. Т.,1958.
  • Сухарева О. А. Бухара XIX – начало XX в. (Позднефеодальный город и его население). М., 1966.
  • Сухарева О. А. Квартальная община позднефеодального города Бухары. М.,1976
  • Сухарева О. А. Сузани. Среднеазиатская декоративная вышивка. Институт этнологии и антропологии им. Н.Н.Миклухо-Маклая. - «Восточная литература» РАН, Москва 2006 г., ISBN 5-02-018495-0. Тираж: 800 экз.