Gvayakol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O-S6N4 osn3dan yoʻnaltirildi)

Gvayakol (2-metoksifenol), o-S6N4(ON)OSN3 — oʻziga xos hidli rangsiz kristallar. Mol. m. 124,13; zichligi 1129 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi 28,5°, qaynash temperaturasi 205°. Havoda va yorugʻlik taʼsirida qorayadi. Etanol, efir, xloroform, muz holidagi sirka kislota, ishqor eritmalarida yaxshi eriydi, 17° li suvda 1,7% eriydi; suv bugʻi bilan birga haydaladi; yod va oltingugurtni eritadi. G.ning ishqoriy tuzlari suvda yaxshi, kalsiyli va magniyli tuzlari esa oz eriydi. G.ning spirtdagi eritmasi temir (Sh)-xlorid taʼsirida havo rangga, soʻngra yashil rangga kiradi. Metillanganda veratol (1,2di-metoksibenzol), dimetillanganda pirokatexinga aylanadi. G.ni sintetik yoʻl bilan oanizidindan ham olish mumkin. G. xushboʻy moddalar, mas, vanilin, evgenol, izoevgenol, santalidoli. ch.da, pirokatexin olishda, baʼzi shifobaxsh preparatlar, mas, ftivazid, papaverin, tiokol tayyorlashda, atir-upa va oziq-ovqat sanoatida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil