O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi — Oʻzbekiston SSR faxriy unvoni, xizmat koʻrsatgan fuqarolar va jamoalarning davlat va jamiyat tomonidan eʼtirof etilish shakllaridan biri sanaladi[1]. 1966-yil 27-sentabrda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan muhandis“, „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“, „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida"gi Farmoni bilan asoslangan. Oʻzbekiston SSR aloqachisi", „Oʻzbekiston SSR avtomobil transportida xizmat koʻrsatgan xodim“ va „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan savdo xodimi“ faxriy unvonlari davlat va jamiyat tomonidan belgilandi[2].

Madaniyat, sanʼat, taʼlim, matbaa, matbuot, radio va televideniye muassasalari, tashkilotlari va organlarining yuqori malakali xodimlari, badiiy havaskorlik ishtirokchilari hamda tashkilot, muassasalar va madaniyat organlari ishida ixtiyoriy ravishda ishtirok etayotgan shaxslar madaniyat rivojidagi xizmatlari uchun taqdirlanishdi.

Faxriy unvonga sazovor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining yorliqlari va kumush bilan qoplangan rangli metalldan yasalgan tegishli koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishgan. Nishon koʻkrakning oʻng tomoniga taqilgan. Bu unvon Oʻzbekiston SSR davlat mukofotlari tizimiga kiritilgan. SSSR parchalanishi bilan mazkur unvon bilan taqdirlanish yoʻqqa chiqarildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Звания почётные//Большая советская энциклопедия в 30-ти томах. – 3-е издание. Москва: Советская энциклопедия, 1969 - 1986. 
  2. Об установлении почетных званий "Заслуженный инженер Узбекской ССР", "Заслуженный работник культуры Узбекской ССР", "Заслуженный связист Узбекской ССР", "Заслуженный работник автотранспорта Узбекской ССР" и "Заслуженный работник торговли Узбекской ССР".. — 1966. — Andoza:Бсокр.