O‘yinchilar soni (futbol)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Futbol o‘yini ikki jamoa o‘rtasida o‘tkaziladi. Jamoalar tarkibida 11 nafar o‘yinchi va darvozabon bo‘ladi. Har ikkala jamoada o‘yinchilar soni yetti nafardan kam bo‘lsa, o‘yin boshlanmaydi. Musobaqa qoidalariga ko‘ra zaxira o‘yinchilarining soni uch tadan o‘n ikkitagacha bo‘lishi mumkin[1].

O‘yinchilarni almashtirishning maksimal miqdori[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FIFA yoki milliy federatsiyalar shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalarda o‘yinchi almashtirishning umumiy soni uchrashuvning asosiy vaqtida uch tani tshkil etib, qo‘shimcha vaqtda to‘rtinchi o‘yinchini almashtirishga ruxsat beriladi[2].
  • Ichki liga bahslarida almashtirishlarning maksimal soni oltitaga oshirilishi mumkin.
  • Baʼzi musobaqalarda kelishuvga ko‘ra, o‘yin boshlanishidan oldin hakam ushbu kelishuv haqida ogohlantirilgan taqdirda, ko‘proq hisobda o‘yinchi almashtirishga ruxsat beriladi. Agar hakam ogohlantirilmagan bo‘lsa yoki jamoalar kelishuvga erisha olmasa, oltitadan ortiq almashtirishga ruxsat berilmaydi[1].

Barcha holatlarda o‘yin boshlanishidan oldin zaxiradan maydonga tushadigan o‘yinchilarning nomi aniqlanishi kerak. O‘yin boshlanishidan oldin hakamga berilishi lozim bo‘lgan zaxira o‘yinchilari ro‘yxatida futbolchining ismi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu futbolchi o‘yinda ishtirok eta olmaydi[1].

Zaxira o‘rindig‘idagi o‘yinchilar

O‘yinchi o‘zgartirish tartibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘yinchini o‘zgartirish haqida hakamni ogohlantirish lozim.
  • O‘yinchilarni o‘zgartirish faqat maydonning markaziy chizig‘ida o‘yin to‘xtab qolgandagina ruxsat etiladi.
  • Zaxira o‘yinchisi hakam hushtagi yangrab, almashtirilayotgan o‘yinchi maydonni tark etgandan keyingina maydonga tusha oladi. Maydonni tark etgan futbolchi shu ondan boshlab o‘yinda boshqa ishtirok etmaydi.
  • Maydondagi barcha o‘yinchilar: asosiy va zaxira o‘rindig‘idagilarning barchasi hakamning qarorlariga bo‘ysunadi [1].

Darvozabonni almashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydondagi istalgan o‘yinchi o‘yinda to‘xtalish yuzaga kelganda darvozabon bilan o‘z joyini o‘zgartirishi mumkin. Albatta, bu o‘zgarish haqida hakam ogohlantirilishi kerak. Maydon o‘yinchisi darvozabon bilan o‘rnini almashsa, bu holat o‘yinchi almashtirishlarning umumiy soniga ta‘sir qilmaydi. Darvozabon va maydon o‘yinchisi o‘rtasidagi o‘rin almashtirish holati bir necha marta takrorlanishi mumkin [1].

O‘yin qoidasini buzish va jarimalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘yin vaqtida zaxira o‘yinchisi hakam ruxsatsiz maydonga tushsa, o‘yin to‘xtatiladi. Ushbu holatda zaxira o‘yinchisi sariq kartochka bilan bilan jazolanadi va unga maydonni tark etish ko‘rsatmasi beriladi. O‘yin to‘xtatilgan nuqtada raqib jamoasi tomonidan jarima zarbasi amalga oshirilgandan so‘ng, o‘yin qayta boshlanadi.

O‘yin davomida darvozabon hakam ruxsatisiz o‘z o‘rnini boshqa futbolchi bilan almashtirilgan taqdirda o‘yin davom etadi, biroq o‘yinda to‘xtalish yuz berganda har ikkala futbolchi ham sariq kartochka bilan jazolanadi.

O‘yin vaqtida yuz bergan har qanday qoida buzulishlarida qoida buzgan futbolchi ogohlantirish olib, sariq kartochka bilan bilan jazolanadi [1].

Asosiy va zaxira o‘yinchilarining maydondan chetlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar futbolchi o‘yin boshlanishidan oldin maydondan chetlatilsa, u zaxiradan maydonga tushirilishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilardan biri bilan o‘rin almashishi mumkin. Bu holatda uchrashuvdagi o‘yinchilarni almashtirish limiti saqlanib qoladi. Agar o‘yin davomida biror futbolchi qizil kartocha olib maydondan chetlatilsa, jamoa maydonda 10 kishidan iborat tarkib bilan o‘ynaydi [1].

O‘yin maydonidagi begona shaxs[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy tarkib, zaxira o‘rindig‘i, murabbiy yoki jamoa rasmiysi sifatida ro‘yxatga kiritilmagan har qanday shaxs begona shaxs (autsayder (ing: outsider — chet, begona)) hisoblanadi.

Maydondagi begona shaxs[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydondagi begona shaxs

O‘yin vaqtida hakamning ruxsatisiz begona shaxs, jamoa rasmiylari, chetlatilgan o‘yinchi yoki zaxira o‘yinchisi maydonga tushsa va o‘yinga xalaqit bersa, shu nuqtada o‘yin to‘xtatilishi lozim. To‘xtalish vaqtida hakam intizomiy jazo qo‘llashi va qoidabuzarni maydondan chetlatishi kerak. Maydondagi odam autsayder bo‘lsa, o‘yin erkin zarba bilan, agar u protokoldagi shaxs bo‘lsa, jarima zarbasi yoki 11-metrlik jarima to‘pi bilan davom ettirilishi kerak[1].

Maydon tashqarisidagi o‘yinchi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oldinroq o‘yinni tark etgan futbolchi hakamning ruxsatisiz maydonga qaytib, o‘yin voqealariga aralashmasa ham, hakam kerakli vaqtda o‘yinni to‘xtatishi kerak. Qoidabuzarga ogohlantirish berib, maydonni tark etish ko‘rsatmasi beriladi. Agar futbolchi o‘yin harakatlari (to‘pni maydonga tushirish, to‘qnashuv natijasida maydon tashqarisiga chiqib ketish yoki to‘pni ushlab olishga urinish va hokazo) natijasida o‘yin maydonini tark etgan bo‘lsa, unga nisbatan jazo qo‘llanilmaydi. O‘yin to‘xtatilgan nuqtada bilvosita jarima zarbasi bilan qayta davom ettiriladi [1]..

O‘yin maydonida begona shaxs bo‘lganda urilgan gol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar begona shaxs maydondaligida gol urilgan bo‘lsa va bu shaxs gol kiritgan jamoa aʼzosi yoki o‘yinga xalaqit bergan tashqi shaxs bo‘lsa, hakam bu golni bekor qilishi kerak. Boshqa hollarda gol hisobga olinadi [1][3].

Jamoa sardori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa sardori jamoa o‘yinchilarining maydondagi xatti-harakatlari uchun javobgardir, biroq hech qanday ustunlik va qo‘shimcha vakolatlarga ega emas[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Правила игры, Zurich, Switzerland, 2016/17.  (Wayback Machine saytida 2022-08-26 sanasida arxivlangan)