Leshchina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O‘rmon yong‘og‘idan yoʻnaltirildi)

Leshchina, oʻrmon yongʻogʻi (Corylus) — qayindoshlar oilasiga mansub daraxt; barg toʻkuvchi butalar turkumi. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning oʻrmon zonalarida 20 turi maʼlum. Oddiy turi — oʻrmon yongʻogʻi (C.avellana) koʻp tarqalgan. Uzoq Sharqda manjuriya L.si (S. mandshurica), turli bargli L. (S. heterophylla) uchraydi. Kavkazda oddiy turidan tashqari daraxtsimon L., kolxida L.si (C.colchica), pontiy L.si (S. pontica) turlari usadi. Kavkaz va Qrimda yirik funduk yoki lombard yongʻogʻi (S. maxima) ekiladi. L.dan ihota oʻrmonzorlari barpo etiladi. Boʻyi 2—5 m (gohida 8 m)gacha boʻladi. Guli ikki jinsli; otaliklari kuchalaga, onaliklari ikki gulli toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi — bir uyali, bir urugʻli yongʻoq. Nam va unumdor tuproqlarda, ayniqsa, sur oʻrmon va qora tuproqlarda yaxshi usadi. Issiqqa va namlikka talabchan. Daraxti ekilgandan soʻng 5—6 yili hosilga kiradi. Bir tupidan 8 kg gacha yongʻoq olinadi. Yongʻoq tarkibida 60—70% moy mavjud. Urugʻidan, bachki novdalaridan, parhish qilib koʻpaytiriladi. 80 yildan koʻp yashaydi.

Abdushukur Xonazarov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil