Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davlat statistika qo'mitasi.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiOʻzbekiston Respublikasida yagona statistika metodologiyasini va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish vazifalarini bajaradi. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat statistikasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, statistika axboroti oʻz vaqtida taqdim etilishi, uning toʻliqligi va ishonchliligi ustidan qatʼiy nazorat olib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining yagona tizimini tashkil etadi.

Hukumatdagi oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz funksiyalarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi quyidagi vakolatlarga ega:

davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solish; davlat statistika kuzatuvlari shakllarini tasdiqlash va idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishish; moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idora va agentliklardan, yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslardan, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlarini, idoraviy hisobotlar ma’lumotlarini va davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni, shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida) soʻrash, olish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish; statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish; statistika ma’lumotlarining ishonchliligi va toʻliqligini belgilangan tartibda tekshirish. Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida koʻrsatmalar berish hamda jamlanma statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; xalqaro statistika va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; statistika sohasidagi seminar va yigʻilishlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni, tashkil qilish va ishtirok etish.


Tashkiliy tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rais

Raisning birinchi oʻrinbosari

Raisning 3 ta oʻrinbosari

Asosiy majburiyatlari

Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3165-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash; davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish; xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiya va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi statistika axborotlarini yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish; davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika ma’lumotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash; Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish; davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini toʻliq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasi oʻzgarishlarni ochib beruvchi koʻrsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash; Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga oʻz vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish; davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida oʻz vaqtida aks ettirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish.

Asosiy funksiyalar:

davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash, davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish; xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi statistik axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish; davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash; korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish; davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini toʻliq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoq va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy oʻzgarishlarni ochib beruvchi koʻrsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash; Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga oʻz vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish. Ustivor yoʻnalishlar

oʻrganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy, tarmoq va hududiy darajalarda qamrab olishni kengaytirishga qaratilgan statistika ma’lumotlarini yigʻish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiya va usullarini keng joriy etish yoʻli bilan statistika kuzatuvlari tizimini qabul qilingan xalqaro tajribaga yanada moslashtirish; mahalliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistik ma’lumotlarning maksimal ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta’minlash, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan xalqaro statistik toʻplamlarda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi koʻrsatkichlari va materiallarini nashr qilish; milliy iqtisodiyot va hududlarning rivojlanishini toʻliq tavsiflovchi statistika ma’lumotlarini sifatli va tezkor tayyorlash, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirishni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, respublika hududlarini kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasidagi sifat oʻzgarishlari boʻyicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish; statistika ma’lumotlarini yigʻish, qayta ishlash, taqdim etish va tarqatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, statistika ma’lumotlari bilan ishlash jarayonining avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistika ma’lumotlarining yagona bankini shakllantirish; statistika nashrlariga koʻrsatkichlarni vizuallashtirishning ilgʻor metodlarini joriy etishni va tarqatilayotgan statistika ma’lumotlarini tahliliy va ma’lumotnoma materiallar bilan birga berishni ta’minlash, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun dokladlar, press-relizlar va maqolalarni nashr qilish orqali statistika organlarining tahliliy salohiyatini kuchaytirish; davlat va idoraviy statistika kuzatuvlarini maqbullashtirish, tanlanma statistika kuzatuvlari sonini va natijalarining ishonchliligini bosqichma-bosqich oshirish yoʻli bilan xolis, sifatli va talab yuqori boʻlgan hisobot ma’lumotlarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish mamlakatdagi ilmiy va ta’lim muassasalari va xorijiy statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda statistika sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkil qilish. Qisqacha tarixi va boshqa tegishli ma’lumotnoma tarzidagi axborot

1924-yil. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Markaziy statistika boshqarmasining Oʻrta Osiyo boʻyicha vakilining 1924-yil 30-noyabrdagi 1-son buyrugʻi bilan Oʻzbekiston SSRning Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etildi. Oʻzbekiston SSRning Markaziy statistika boshqarmasi 1925-yil 22-martda MSKning qaroriga muvofiq Samarqand sh., Qarshi koʻchasi 18-uyga koʻchirilgan, u yerda 1931-yilning 7-yanvariga qadar joylashgan. 1987-yil Oʻzbekiston SSR Yuqori Kengashi Prezidiumining 1987-yil 24-avgustdagi 1867- XI-son farmoni bilan Oʻzbekiston SSRning Davlat statistika komiteti tashkil etilgan. 1992-yil. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-449-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti tashkil qilingan. 1997-yil. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 15-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi PF-1780-son Farmoni bilan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil qilingan. 2002-yil. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” PF-3183-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 8-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tashkil etildi. 2017-yil. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi PQ-3165-son qarori qabul qilindi hamda mazkur qaror bilan “2017–2021-yillarda statistika faoliyati samaradorligini oshirish, statistik axborotlarning va ularni tarqatish tizimining sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi” va Davlat statistika qo`mitasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. 2017-yil. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi toʻg’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan oʻzgartirilgan nizom tasdiqlandi. 2019-yil. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg’risida” PQ-4273-sonli qarori qabul qilindi hamda mazkur qaror bilan “O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi” va “Alohida tarkibiy indikatorlar boʻyicha Statistika salohiyati indeksida mamlakatning oʻrnini yaxshilashga oid Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Huquqiy asos

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” PF-3183-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 8-son qaroriga muvofiq ta’sis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining nizomi va tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 8-son qarori bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining oʻzgartirilgan nizomi va tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3165-son va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan.

Boshqa rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilar: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistika maʼlumotlari.

Eng oxirgi aholini roʻyxatga olish 1989-yilda amalga oshirilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • [https://lex.uz/ru/docs/-242850 „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8-son 08.01.2003 y.

qarori“]. Lex.uz. Qaraldi: 20-sentabr 2020-yil.