Oʻzbekqishloqmash aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"OʻZBEKQISHLOQMASH" AKSIYADORLIK JAMIYATI, "Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi" aksiyadorlik jamiyati — yirik qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonasi. Toshkent shahrida joylashgan. "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. Chigit ekish seyalkalari, don ekish seyalkalari. podborshchiklar, rotorli oʻt oʻrgichmaydalagich, yemxashak oʻrish texnikasi, koʻsak chuvish mashinalari, mineral oʻgʻit sochgichlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mashinalariga ehtiyot qismlar va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradi.

Korxona 1941 yilda Toshkentga evakuatsiya qilingan "Vulkan" (Leningrad), "Krasnny Aksay" (Rostov) va "Krasnaya Zvezda" (Kirovograd) zdlari asbobuskunalari asosida tashkil etilgan. 3d 1942 yildan front uchun aviabomba, turli xildagi minalar, 1943 yildan qishloq xoʻjaligi uchun pichan oʻrish mashinalari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqardi. Urushdan keyin zd toʻliq q.x mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashdi, oʻrish mashinalari bilan birgalikda diskli boronalar, charxlash stanoklari, nasospurkagichlar ishlab chiqara boshladi. 1948 yildan korxona "Oʻzbekselmash" nomini oldi. 1949 yildan qatorlab chigit ekadigan seyalkalar, 1955 yildan yanada takomillashgan SG4, SKG4 seyalkalari, 1960 yildan koʻrak chuvish mashinasi, 1965 yildan PXN1,2 markali paxta podborshchiklari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1980- yil lar boshida korxonada pnevmoapparatli chigit ekish seyalkalari, paxta podborshchiklarining 5 turi, koʻsak chuvish mashinalari, gʻoʻzapoya yuladigan mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 90-yillardan korxona sexlari eng zamonaviy texnologiyalar, plastmassa quyulmalaridan qismlar ishlab chiqaradigan termoplast avtomatlar, Italiyadan metall bukuvchi avtomatlar bilan jihozlandi. 1994 yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Mahsulotlari qoʻshni mamlakatlarga eksport qilinadi. 2004 yilda korxonada 2814,3 mln. soʻmlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi.