Oʻzbekiston Milliy arxivi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O‘zbekiston Milliy arxivi (sobiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, 2019-yildan Oʻzbekiston milliy arxivi[1]) respublika miqyosidagi

muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi „O‘zarxiv“ agentligiga bo‘ysunadi. O‘z MA arxivshunoslik, hujjatshunosli , arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada ol b borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha markaz sanaladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi(hozirgi Oʻzbekiston Milliy arxivi) O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligining 1958-yil 20-noyabrda 759-son qarori asosida, 1931-yildan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi markazi y davlat arxivi va markaziy davlat tarix arxivining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatdan O‘rta Osiyo respublikalari Markaziy davlat a rxivlari ichida eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha bo‘lgan ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Bugungi kunda arxivda 3 mingdan ziyod fondlar saqlanib, ulardan 200 tasi fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston tarixining turli davrlarga oid masalalar yoritilgan bo‘lib, ularning o‘ta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi. Vaqf hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid. O‘zR MDA ning kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni o‘z ichiga oladi. Ularning ichida 558 ta bosma nashrlar, to‘plamlar, tarixiy davr (1917 yilgacha) ga oid adabiyotlar mavjud.

Oʻzbekiston Milliy arxiv tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • hujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash;
  • tashkilotlar, korxonalarning bayram sanalari haqida hamda atoqli shaxslarning yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash;
  • radio- va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash;
  • ekskursiyalarni o‘tkazish;
  • ko‘rgazmalarni tashki etish;
  • fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarish;
  • jismoniy va huquqiy shaxslarning mavzuli so‘rovlarini bajarish va hujjatlarini aniqlash;
  • ish yuritish va arxivshunoslik muaamolari bo‘yicha ilmiy ishlarni tayyorlash va chop etish;
  • arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish;
  • arhiv hujjatlaridan nusxalarni va ko‘chirmalarni berish;
  • arxiv hujjatlarini raqamlashtirish;

arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, maʼruzalarni o‘tkazish;

  • arxiv ishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish;

Bugungi kunda O‘z MA arxivshunoslik va hujjatshunoslik sohasi bo‘yicha quyidagi muassasalar bilan hamkorlik olib boradi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1. Hujjatshunoslik va arxiv hujjatlari Butunittifoq ilmiy-tekshirish instituti (VNIIDAD) — Rossiya Federatsiyasi;
  • 2. Korea International Cooperation Agency (KOICA) — Janubiy Koreya;
  • 3. M. Lyuter nomidagi Universitetning Sharqshunoslik instituti - Germaniya;
  • 4. „Xolokost“ memorial muzeyi - AQSH;
  • 5. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
  • 6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi.
  • 7. O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Tarix instituti.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Rashidov O. Oʻzbekistonda arxiv ishi tarixi. Toshkent-2019. 89-93-betlar.

  1. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasida-arkhiv-ishi-va-ish-yuritishni-takom-20-09-2019