Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya sport jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya sport jamiyati — Oʻzbekistondagi sport jamiyatlaridan biri. 1987-yilda "Spartak", "Mehnat", "Paxtakor", "Zenit", "Burevestnik", Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo temir yoʻlining "Lokomotiv" koʻngilli sport jamiyatlari tugatilib, ular oʻrnida Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining respublika koʻngilli jismoniy tarbiyasport jamiyati tuzilgan edi. 1991-yil noyabrda unga "Oʻzbekiston" kasaba uyushmalari jismoniy tarbiyasport jamiyati nomi berildi. 1998-yil 4-iyuldan hozirgi nomda. Bu jamiyatning asosiy vazifalariga kasaba uyushmalari kuchimkoniyatlarini birlashtirib, mehnat jamoalari, oʻquv muassasalari, turar joylarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, tarmoq xodimlari va ularning oila aʼzolari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida ommaviy sport musobaqalari, turistik sayohatlar va boshqalar madaniysport tadbirlarini uyushtirish kiradi. Jamiyatning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyat, tumanlarda boʻlimlari faoliyat koʻrsatadi. 5863 ta boshlangʻich tashkilotida 1 mln. 430 mingdan ziyod aʼzosi bor, ulardan 685 ming nafari sport toʻgaraklari va sogʻlomlashtiruvchi guruhlarda shugʻullanadi. Jamiyatda futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, kurash kabi 60 ta sport turi keng ommalashgan. Shugʻullanuvchilar 236 ta stadion, 347 ta sport zali, 109 ta basseyn va 6478 ta sport maydonchasida mashgʻulot olib borishadi. Ulardan 29 stadion, 12 sport zali, 12 basseyn va 50 ta sport maydonchasi bevosita jamiyatga qarashlidir. Jamiyatdagi 67 ta bolalaroʻsmirlar sport maktabida 2412 nafar mutaxassis 19898 oʻquvchi bilan mashgʻulot oʻtkazadi (2005). Jamiyat aʼzolaridan Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi), Aleksandr Dokturishivili (yunonrum kurashi), Bekzod Xidirov (boks), Sergey Lagutin (velosport), Anton Ryaxov (baydarka), Goʻzal Xubbiyeva (yengil atletika) kabi yetakchi sportchilar olimpiada, Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida sovrindor boʻlishgan.