Oʻzbekiston Futbolchilar Uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Futbolchilar Uyushmasi — 2017-yildan boshlab oʻz faoliyatini boshladi.Shu bilan bir qatorda xalqaro futbolchilar assotsiatsiyasi boʻlmish FIFPro tashkilotining Oʻzbekistondagi yagona vakili hisoblanadi.

Fifpro-logo
Fifpro-logo

Xalqaro FIFPro tashkiloti 1965-yilda tashkiletilishiga qaramasdan 65 ta davlatlarning uyushmalari aʼzo hisoblanadi.Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilda roʻyxatdan oʻtkazilgan holda Oʻzbekiston futbolchilar uyushmasi sifatida rasmiy failiyatini yoʻlga qoʻygan[1].

Uyushma oʻz oldiga vazifa sifatida futbolchilarni huquqlarini himoya qilish shu bilan bir qatorda, sportchilarning salomatligini muhofaza qilishni taʼminlashni maqsad qilishgan.Futbolchilik faoliyatini yakunlagan sportchilar keyingi davrda ham amaliy yordam koʻrsatish, shu bilan bir qatorda futbolchilar ichidan kuchli va malakali kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

OʻzPFL O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi (O‘FU) bilan 2024-yil so‘ngiga qadar memorandum imzoladi[2]. Uyushmaning olib borayotgan har bir harakatlari FIFPro tomonidan nazorat qilinib boriladi va qoʻyilgan talab va vazifalarni oʻz vaqtida bajara olmagan, yillik hisobotni topshirmagan FIFPro azolari tashkilotdan chiqarib yuboriladi. Kamoliddin Murzoyev tashkilot rahbari sifatida faoliyat olib boradi.

Amalga oshirilgan ishlar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunga kelib 20 dan ortiq futbolchilar mahalliy jamoalarimiz bilan boʻlgan nafaqat qarzdorlikni undirish shu bilan birga, shartnoma bandlarini oʻzgartirish, klub bilan ikki tomonlama mehnat shartnomasini bekor qilish yoki uni uzaytirish kabi holatlarni chuqur oʻrgangan holda yaqindan yordam bermoqda. Xorijda faoliyat olib borayotgan legioner futbolchisiga ham uyushma oʻz yordamini koʻrsatib kelmoqda. Masalan, Janubiy KoreyaningBucheon“ jamoasi futbolchisi Bahodir Pardaevga oldidagi qarzlarini toʻliqligicha undirilib berilishi va Oʻzbekistonga qaytishiga yordam berildi.

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan Ignatiy Nesterovning 2019-yili oʻtkazilgan Osiyo kubogidan keyin topshirgan tahlil natijasda unda doping aniqlangandan soʻng uyushmaning Moskvadagi hamkori boʻlgan „Sila Lawyers“ kompaniyasi bosh yuristi Mixail Prokopets hamkorligida diskvalifikatsiya muddatini 3 yildan 8 oygacha qisqartrishga erishildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdulaziz Iskandarov. „O'zbekiston futbolchilar uyushmasi nima va u qanday ishlaydi?“ (O'zbekcha). championat.asia (11-avgust 2020-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  2. „O‘zbekiston Superligasi FIFA futbol simulyatoridan joy olishi mumkin“. tribuna. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.