Oʻpka oʻsmalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻpka oʻsmalari — klinik nuqtayi nazardan toʻqimaning patologik oʻsishi boʻlib, hayotga xavf solishi va biologik faol molekulalar mahsuloti bilan tushuntiriladi. Oʻpka oʻsmalarining 90 % ini uning raki tashkil qiladi va 45-70 yosh oraligʻida uchraydi. Ayollarda oʻpka raki sut bezi va bachadon rakidan keyin uchinchi oʻrinda turadi.

Etiologiyasi va patogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rakning etiologiyasi noaniq. Lekin kelib chiqishini 70-90 % holatlarda chekish natijasida tamaki tutunining komserogen taʼsiri bilan bogʻlashadi.

Tahminiy etiologik sabablar: 1. Chekish 2. Genetik omil 3. Professional omil 4. Havo ifloslanishi va turli dori vositalarining organizmga nojo'ya ta'siri.

Patogenez - toksik ta'sirlar hujayralarning genetik anomaliyasiga olib keladi(dominant onkogenlar faolligi va retsessiv onkogenlar inaktivatsiyasi). Bu esa o'z navbatida birlamchi o'smaning nazoratsiz o'sishiga olib keladi.DNK shikastlanishi, hujayra onkogenlarining faolligi va o'sish omilining stimulyatsiyasi o'sma kelib chiqishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. O'smaning o'sib borishi bronx o'tkazuvchanligi buzilishiga, bu esa bronx obturatsiyasi va o'pkaning pastki qismlarida atelektazga sabab bo'ladi.

Tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gistologik shakli bo'yicha: adenokarsinoma, yirik, mayda va yassi hujayrali rak; Joylashish bo'yicha: markaziy, periferik, cho'qqi; O'sishi bo'yicha: ekzobronxial, endobronxial, peribronxial

Rakka qarshi xalqaro uyushmaning tasnifi bo'yicha o'pka rakining 3 ta mezoni mavjud: 1.T (tumor)-birlamchi o'smaning tarqalishi; 2.N (nodulus)-limfa tugunining regionar holati; 3.M (metastasis)-metastazlarning borligi yoki yo'qligi;

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klinika 5-15 % holatlarda belgilarsiz kechib, rentgenografiyada tasodifan aniqlanadi. Ba'zi bemorlarda kasallikning 1-belgisi teri qichishishi, qariyalarda dermatoz yoki ixtiozning tez rivojlangan bo'lishi mumkin. O'sma yiriklashib borgan sari, chap qo'ltiq osti limfa tugunlari kattalashadi. Bo'yin va ko'krak yuqori qismi, sut bezi kollateral venalarining kengayishi, yuzda shish, giperemiya, konyuktivit kuzatiladi. Yomon sifatli o'smalarning kechki belgilari - tana vazni kamayishi(kaxeksiya) hisoblanadi.

Paypaslashda - shikastlangan joyda ovoz dirillashining kuchayishi; Perkussiyada - o'sma katta bo'lsa, qisqa perkutor tovush; Auskultatsiyada - o'smaning endobronxial o'sishida chegaralangan xirillashlar va susaygan nafas eshitiladi.

Labarator-asbobiy tekshirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tekshiruv asosan bronxoskopiya, KT, ultratovush va tashqi nafas faoilyatini tekshirish talab qilinadi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning bosqichlariga qarab simptomatik, kimyoviy va nurterapiya, jarrohlik usuli yordamida davolash olib boriladi. O'pka rakini radikal davolash usullaridan pulmonektomiya yoki lobektomiya hisoblanadi. Jarrohlik amaliyotidan keyin metastazga shubxa bo'lsa, nur yoki kimyoterapiya o'tkaziladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • A.Gadayev, Ichki kasalliklar, 8th.