Oʻng boʻlmacha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻng boʻlmacha — (atrium dextrum) kub shaklida boʻlib, katta qon aylanish doirasining yakunlovchi qismi hisoblanadi. U bo‘lmachalar orasidagi to‘siq tufayli chap bo‘1machadan ajralib turadi. To‘siqda bitib ketgan oval teshik qoldig‘i hisoblangangan oval chuqurcha ko‘rinib turadi. 0‘ng boʻlmachaning hajmi kattaroq boʻlib o‘ng quloqcha bo‘shlig‘i hisobiga kattalashadi. Boʻlmacha devorining qalinligi 2-3 mm, ichki yuzasi silliq hisoblanadi. Quloqchaning ichki yuzasida taroqsimon mushak tutamlari joylashgan[1].

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

0‘ng bo‘lmacha devorida yuqorigi kavak vena teshigi va pastki kavak vena teshigi o‘rtasida kichkina venalararo do‘mboqcha joylashgan. Pastki kavak vena teshigining pastki cheti bo‘ylab yarimoysimon burma koʻrinishida pastki kavak vena to‘sig‘i boʻladi. Bu burma homila davrida qonni o‘ng bo‘lmachadan oval teshik orqali chap boʻlmachaga yo‘naltiradi. 0‘ng boʻlmacha oʻng qorincha bilan ular orasidagi teshik tufayli qo‘shilib turadi. Pastki kavak vena teshigi bilan o‘ng boʻlmacha va o‘ng qorinchalar orasidagi teshik o‘rtasida tojsimon sinus teshigi joylashgan. Uning atrofini ingichka o‘roqsimon burma — tojsimon sinus to‘sig‘i o‘ragan. Tojsimon sinusga mayda yurak vena teshiklari ochiladiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. A. Ahmedov. Yurak, 2013 (O'zbekcha), Toshkent — 373 bet bet. ISBN 978-9943-13-368-6. 22-iyul 2023-yilda qaraldi.  (Wayback Machine saytida 2023-07-21 sanasida arxivlangan)