O'rta Osiyo qunduzi
Oʻrta Osiyo qunduzi — O'zbekiston Respublikasining fauna Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchi hayvon.
Maqomi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yoʻq boʻlib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur.TMHI Qizil roʻyxatiga kiritilgan.
Koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tana uzunligi 70 mm gacha. Dumining uzunligi 440 mm gacha. Soch chizigʻi juda zich va qoʻpol emas. Orqaning rangi och jigarrang, toʻlqinli, yon tomonlari biroz ochroq, qorin oq-sargʻish yoki oq-kulrang. Boshi orqa tomondan ochroq. Dumi keskin ikki rangli: orqa tomondan bir xil rangda, pastda esa sargʻish-oq rangda. Tana uzunligi 70 mm gacha. Dumining uzunligi 440 mm gacha. Soch chizigʻi juda zich va qoʻpol emas. Orqaning rangi och jigarrang, toʻlqinli, yon tomonlari biroz ochroq, qorin oq-sargʻish yoki oq-kulrang. Boshi orqa tomondan ochroq. Dumi keskin ikki rangli: orqa tomondan bir xil rangda, pastda esa sargʻish-oq rangda.
Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻtgan asrning oʻrtalarigacha Sirdaryo,Zarafshon,Amudaryo va uning quyilishida keng tarqalgan.Soʻnggi yarim asrda areali keskin qisqargan, ushbu tur faqat Xisor-Oloy togʻi daryosidagina qayd etilgan.Gʻarbiy Tyan-Shanda borligi haqida maʼlumotlar yoʻq.Oʻzbekistondan tashqarida:Oʻrta Osiyo mamlakatlari,Qozogʻiston,Eron,Afgʻoniston.Yevropa,Shimoliy Afrika,Gʻarbiy Osiyo,Xitoy,Hindiston,Shri-Lankada — boshqa kenja turlari.
Yashash joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Toshqin togʻ daryolari, shuningdek, tekislik daryolari va qayir koʻllarida hayot kechiradi.Baliqqa boy chuchuk suv havzalari yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi.
Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tabiiy kam sonli, daryo oʻzanining 1 km iga 1 tadan toʻgʻri keladi. Kollektor-drenaj tizimining kengayishiga bogʻliq ravishda 2000-yillardan boshlab arealining tekislik qismida asta-sekin tiklanish jarayoni kuzatilmoqda.Hozirda Amudaryodan Qizilqum qoʻriqxonasigacha boʻlgan hududda uchraydi,Amu-Buxoro kanali orqali Buxoro ixtisoslashgan „Jayron“ pitomnigidagi koʻlga hamda Dengizkoʻl suv omboriga oʻtadi,Zarafshon daryosidan Zarafshon milliy tabiat bogʻi chegarasiga oʻtadi.Hisor-Oloydan — Surxondaryo Qashqadaryo,Qizildaryo,Oqsuv,Sheroboddaryo,Machaydaryo,Sangardakdaryoga oʻtadi.Hisor qoʻriqxonasida 30 dan ortiq qunduz saqlanib qolgan.Surxondaryo viloyatining tekisliklarida sugʻorma kanallar boʻylab joylashadi.Umummiy soni taxminan 500 tani tashkil etadi.
Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tunlari faol, kunduzi qirgʻoq boʻyidagi uyalariga, kovak va gʻorlarga berkinadi.Juftlashishi — fevral-aprelda.Urgʻochisi har ikki yilda bir marta — yanvar-fevralda — bolalaydi.Bolalari uyasidan aprel-avgustda chiqadi, 3 yildan soʻng jinsiy voyaga yetadi.Baliqlar, baʼzan qurbaqa, suv ilon, mayda sutemizuvchilar va qushlar, suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobidan olindi.
- Qoʻshimcha maʼlumotlar vikipediyaning rus maqolasidan tarjima qilindi.
- Qunduz rasmi freeimages.com saytidan olindi.