Yakantovuq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'rmon loyxo'ragi)dan yoʻnaltirildi)

Yakantovuq, oʻrmon loyxoʻragi) — rjankasimonlar (loyxoʻraklar) oilasiga mansub qush. Gavdasining uzunligi 35 sm ga yaqin. Rangi uni oʻrmon toʻshalmasi ustida koʻzga tashlanmasligiga imkon beradi. Yevrosiyoning oʻrta mintaqalaridagi aralash va keng bargli botqoqlashgan oʻrmonlarda yashaydi. Erkagi bahor kunlari ertalab va kechqurunlari sayraydi. Koʻzi boshining keyingi qismiga va tepaga birmuncha surilgan; — tumshugʻi uzun va baquvvat boʻlib, oʻrmon toʻshalmasi ostidan oziq qidirishta moslashgan. Turli umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Sport maqsadida ovlanadi. Oʻzbekistonda qushlar uchib oʻtish davrida uchraydi.