Oʻrmalovchi xaltalilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'rmalovchi xaltalilardan yoʻnaltirildi)

Oʻrmalovchi xaltalilar, kus kussimonlar, possumalar — xaltali sut emizuvchilar oilasi. Uzunligi 6 sm dan 82 sm gacha. Dumi ilashuvchi, baʼzan rudimentar. Panjalari tutuvchi, tirnoklari kuchli egilgan. 1 ta, baʼzan 2 ta (1 va 2) barmogʻi boshqalari qarshisida joylashgan. Orqa oyoqlarining 2 va 3barmoqlari oʻrtasida pardasi bor. Ayrim turlarining oldingi va keyingi oyoqlari oʻrtasida teri parda tortilgan. Teri parda daraxtdan daraxtga sakrab oʻtishga yordam beradi. Xaltasining teshigi oldingi tomonga (koalada orqaga) ochiladi. Asosan, oʻsimlikxoʻr, ayrim turlari hasharotxur yoki hamma narsalarni yeyaveradi. Yilda 1—2-marta 1—4 tadan bolalaydi.