Koatalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'rgimchaksimon qora maymunlardan yoʻnaltirildi)

Koatalar, oʻrgimchaksimon qora maymunlar (Ateles) — gajak dumli maymunlar oilasiga mansub maymunlar urugʻi. 4 turi bor. Tanasi 70 sm, dumi 90 sm cha, boshi kichkina, oyoqdari va barmoklari ingichka, oldingi oyogʻi uzun, bosh barmogʻi boʻlmaydi, daraxt shoxlarini tutishga moslashgan. Janubiy va Markaziy Amerikadagi tropik oʻrmonlarda 10—12 tadan gala boʻlib yashaydi. Har yili bitta bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri — 140 kun. Mevalar, oʻsimlik kurtaklari, hasharotlar, qushlar tuxumi bilan oziqlanadi. Juda harakatchan. Oldingi oyoqlari va dumi yordamida daraxt shoxlarini toʻtib harakat qiladi. Oila yoki gala boʻlib yuradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil