Oʻpkali mollyuskalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'pkali Mollyuskalardan yoʻnaltirildi)

Oʻpkali mollyuskalar — korinoyokli mollyuskalar kenja sinfi. Chigʻanogʻining balandligi 0,6—2,0 mm. Ayrim turlari chigʻanogʻi teshigining atrofida tishsimon oʻsimtalari bor; oyogʻi chigʻanoq ichiga tortilganida oʻsimtalar mantiya chetidagi yumshoq toʻqimaga tegib, undan shilimshiq suyuqlikni siqib chiqaradi; suyuqlik havoda qotib, chigʻanoq teshigini bekitadi va mollyuska tanasini qurib qolishdan saqlaydi. Jabralari boʻlmaydi. Mantiya boʻshligʻi yuzasi oʻpka vazifasini bajaradi. 2 turkumi (oʻtroqkoʻzlilar va poyachali koʻzlilar), 100 ga yaqin oilasi, 30000 dan ortiq turi bor. Quruqlikda yashaydi yoki ikkilamchi tarzda suvda yashashga oʻtgʻan. Germafrodit, koʻpchiligi spermatomorf hosil qiladi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Quruqlik Oʻpkali mollyuskalar ohak poʻchoq bilan qoplangan tuxumlarini pana joyga, suvdagi Oʻpkali mollyuskalar maxsus kapsulaga oʻralgan tuxumlarini suv oʻsimliklari va toshlarga yopishtirib qoʻyadi. Oʻzgarishsiz rivojlanadi. Oʻsimlikxoʻr, baʼzi turlari yirtqich. Chuchuk suvda yashovchi turlari baliklar ozigʻi, quruqlikdagi Oʻpkali mollyuskalar oʻsimlik maysalarini yeb, ziyon keltiradi. Koʻpchilik turlari gelmintozlarni tarqatadi; ayrim Oʻpkali mollyuskalar (tok shilliq qurti) isteʼmol qilinadi. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi, jumladan, quruqlikda yashovchi shilliqlar, suvlarda chuchuk suv shilliqlari tarqalgan.