Inonchxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'g'ul Hojibdan yoʻnaltirildi)

Inonchxon, Oʻgʻul hojib (asl ismi Badruddin Oʻgʻul hojib (?—1223) — anushteginiylar — xorazmshohlar amiri lashkarlaridan, hojib (13-asr). Muhammad Xorazmshoh 1216-yil yozidagi Irgʻiz daryo’si boʻyidagi jangsa koʻrsatgan qahramonligi evaziga Inonchxon unvonini beradi. Jaloliddin xorazm-shoh etib tayinlangandan soʻng oʻrganchga kelganda I. qipchoq amirlarining unga qarshi uyushtirayotgan suiqasddan oʻz vaqtida ogohlantirgan. 1219-yil I. amir Ixtiyoruddin Kushlu bilan birgalikda Buxoro mudofaasiga rahbarlik qiladi. Moʻgʻullar Buxoroni istilo qilganlaridan soʻng I. Nasa (Niso) viloyatiga keladi. Bu yerda Muqammad Xorazmshohningtoʻzib ketgan askarlarini toʻplashga erishadi, qurol-yarogʻ, otlar, ki-yim-kechak, oziqovqat gʻamlab, kurashni davom ettiradi. Nashjuvon otlogi yaqinida moʻgʻul bosqinchilarini tor-mor keltiradi. Soʻngra I. Obivard tomon yurish qilgan. Bu yerda unga Muhammad Xorazmshohning yana anchagina jangchilari va amirlari kelib qoʻshilgan. 1221-yil I. Sabzavorni uz tasarru-figa kiritadi. Hurosonning katta qis-miga hukmronlik qilishga muvaffaq boʻlgan I. 1223-yilda al-Halqa mavzeida moʻgullar (10 ming kishi) bilan yana jang qiladi, lekin bu muhorabada I. yengiladi. Rey sh.da turgan Gʻiyosudsin Pir-shoh (Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli) saroyidan panoh topadi va bir necha kundan soʻng zaharlab oʻldiriladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil