Taʼsir va aks taʼsir qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nyutonning Uchinchi Qonunidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Taʼsir va aks taʼsir qonuni, Nyutonning uchinchi qonuni — mexanikaning asosiy qonunlaridan biri. Nyutonning taʼrifiga koʻra, taʼsirga doim teng va qaramaqarshi yoʻnalgan aks taʼsir bor, boshqacha aytganda, ikki jismning bir-biriga taʼsiri oʻzaro teng va qaramaqarshi tomonlarga yoʻnalgan. Bu taʼrifda "taʼsirga" beixtiyor asosiy oʻrin, "aks taʼsirga" esa ikkinchi darajali oʻrin ajratiladi. Shuning uchun T. va a.t.q. quyidagicha taʼriflangani maʼqul: ikki jiyemning bir-biriga har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir xarakteriga ega boʻlib, ularning bir-biriga koʻrsatayotgan taʼsir kuchlari har doim kattalik jihatdan teng va yoʻnalishi qaramaqarshidir. T. va a.t.q. kichkina oʻlchamli elementar zarralar va tezligi yorugʻlik tezligiga yaqin qarakatlar uchun oʻrinli emas.