Muhammadxon Nuriddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammadxon Nuriddinovich Nuriddinov (1948.6.1, Namangan) — rang-tasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2004). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1968) va repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykadtaroshlik va meʼmorlik instituti (1976)ni tugatgan. 1976-yildan hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida pedagog, 1998-yildan dotsent. Nuriddinov realizm uslubida ijod qiladi, realistik sanʼat anʼanalarini zamon ruhi bilan boyitishga intiladi. "Namangan ohanglari", "Kundagi tashvishlar", "Katta Fargona kanali", "Rejissyor O.Abdurazzoqov", jadidlar portretlari turkumi, "Abu Ali ibn Sino" portreti, "Sayid Baraka Amir Temurga bayroq topshirmoqda", "Bahor suvlari" va boshqa asarlarida rassomning ijodiy izlanishlari namoyon boʻldi. Nuriddinov respublika va xorijdagi koʻrgazmalarda ishtirok etgan. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Oltin medali bilan taqdirlangan (2003).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Nuriddinov Muhammadxon Nuriddinovich" OʻzME. N-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil