Nureddin Bey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nureddin Bey
Karamanoğulları beki
Saltanat 1250-1256
Oʻtmishdoshi lavozimga asos solindi
Davomchisi Kerimüddin Karaman Bey
Tugʻilishi ?
Vafoti 1256-yil
Uy Karamanoğulları
Dini Sunni Islom

Nureddin Bey, Nur Sofu yoki Nur Sufi — Karamanoğulları jamoasiga 1250-1256-yillarda boshchilik qilgan, Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning otasi[1].

Karamanoğulları oʻgʻuz turklarining Salur yoki Afshar qabilasiga mansub ekanligi yoki unday emasligi tarixchilar tomonidan koʻp tortishilgan mavzu hisoblanadi. Lekin tortishuvlar natijasida beklarning Salur qabilasi Karamanli guruhiga oid ekanligi[2], beklikning aholisi esa Afshar qabilasidanligi qabul qilingan. Ushbu Afshar qabilalari bugungi Turkmaniston hududlarida istiqomat qilishgan boʻlib, moʻgʻullarning zulmidan qochish uchun katta ehtimol bilan 1228-yilda Onadoʻliga koʻchib borishgan. Koʻchib kelgan qabila Koʻniya sultonligi sultoni Alouddin kayqubod tomonidan iliq qarshilangan va Ermenek (hozirgi Karaman viloyati) hududlariga joylashtirilgan. Baʼzi tarixchilar fikrlariga koʻra, dastlab Nureddin Bey Ermenek va shimoldagi Saljuqiy shaharlari oʻrtasida koʻmir savdosi bilan shugʻullangan. Ammo u koʻp vaqt oʻtmay Bobo Ishoq boshlagan Boboiylar qoʻzgʻolonida yetakchilardan biri sifatida qatnashdi. U shuningdek, Ermenek atrofidagi koʻplab kichik aholi punktlarini egallab, kelajakdagi Karamanogʻlu Beylikning oʻzagini tashkil qiladi.

Karamanoğullarıning oil shajarasi shu koʻrinishdadir:

  1. Alan Han[3]
  2. Şirvan Han
  3. Kâl Han
  4. Gelencân Han
  5. Alp Arslon
  6. İbrahim Han
  7. Sadeddin Bey
  8. Nureddin Bey[4]

Nureddin Bey Babaiy tariqatiga kirib sufiy boʻlganidan soʻng, ismining „Nur“ qismiga „Sufi“ qoʻshilib, Nur Sufi yoki Nur Sofi deya tanila boshlangan. U 1256-yillar atrofida vafot etganligi taxmin qilinadi. Uning maqbarasi Mersin viloyatidagi Değirmenlikda joylashgan. Uning vafotidan soʻng, Karamanoğulları jamoasiga oʻgʻli Kerimüddin Karaman Bey] boshchilik qildi va Karamanoğulları bekligiga asos soldi. Nureddin Beyning yana ikkita oʻgʻli boʻlib, ular Zayn al-Hadjdj (1262-yilda Izz al-Din Kaykaus tomonidan Rukniddin Kaykubadga qarshi urushda vafot etgan) va Bünsuzdir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.
  2. Mesut Koman, Konya Halkevi Kültür Dergisi (Mecmuası), Konya, 1936, Sayı: 2, Sayfa: 123
  3. Mesut Koman, Konya Halkevi Kültür Dergisi (Mecmuası), Konya, 1936, Sayı: 2, Sayfa: 124
  4. Şikârî Karamannâme [Zamanın kahramanı Karamanîler’in tarihi], Metin Sözen, Necdet Sakaoğlu, Karaman Belediyesi Yayını, İstanbul, 2005, sf. 124
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
lavozimga asos solindi
Karamanoğulları beki
1250-1256
Vorisi:
Kerimüddin Karaman Bey