Nurbaxshiya tariqati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nurbaxshiya - shia sufiy tariqati. XV asr boshida kubraviylik tariqatidan uning shialikdagi tarmog'i sifatida ajralib chiqqan. Asoschisi - sayyid Muhammad ibn Muhammad Nurbaxsh (1392-1464), bahraynlik arab bo'lgan. U o'z shajarasini shia imomi Muso Kozimga bog'lagan. Shia shayxi Xoja Ishoq Xuttaloniyning muridi bo'lgan. Qurъon va «barcha fanlar»ni yaxshi o'zlashtirgani uchun ustozi unga Nurbaxsh laqabini hamda o'zining vafot etib ketgan ustozi Kubraviylar shayxi sayyid Ali Hamadoniyning hirqasini berib, xonaqohga bosh bo'lishni topshirgan. Nurbaxsh tarafdorlari uni adolat o'rnatish uchun kelgan imom-maxdiy va xalifa deb eъlon qilganlar. Irokda uning shaъniga atab tangalar zarb etilgan va xutbalar o'qilgan. Uning dovrug'i Kurdiston, Ozarbayjon, Gilonga tarqalgan. Temuriylardan Shohruh davrida (1405-1447) Nurbaxshiya tariqati qattiq quvg'in ostiga olingan. Nurbaxsh qolgan umrini Ray viloyatidagi kichik qishlokda shogirdlari orasida o'tkazgan. Nurbaxshiya g'oyalari Eronda safaviylar taъlimotini qaror topishiga zamin hozirlagan. Nurbaxshiya taъlimoti Muhammad Nurbaxshning «ar-Risola al-eъtiqodiya» va «al�Fiqhal-ahvat» kabi asarlarida bayon etilgan. Nurbaxshiya tariqatidagi o'ziga xosliklar.Nurbaxshiya taъlimoti negizida ikki imomlikka eъtiqod qilish yotadi: haqiqiy (haqiqiya) va qo'shimcha (izofiya), ularni shuningdek, «katta jihod» va «kichik jihod» deb ham ataydilar. Imomning tashqi va maъnaviy sifatlari majmuasi «kichik jihod» deb ataladi. Haqiqiy imom, bo'lib valiy darajasiga ham etishi lozim. Bunga faqat Ali ibn Abu Tolib (r.a.) erishgan. «Kichik jihod» belgilarini valiylik bilan uyg'unlashuvi, Nurbaxshning fikricha, «katta jihod»ni tashkil qilgan. Nurbaxsh Muhammad (a.s.) davrlaridagi urf-odatlarni tiklash va saqlab qolishga, «yangi udumlar»ni (bidъat)ni bekor qilishga daъvat qilganini ko'rish mumkin. N e ъ m at u l l o h i y l ar n i n g so bi q sh ay xi J avod N u r b axsh n i n g «U l ug' jin - I b l i s» k i t o b i d a nurbaxshiylikka oid ayrim qarashlarni ilgari suradi. Uning fikriga kura, Iblisning Odamga sajda qilmagani bu uning xohishi bilan emas, Yaratganning istagi bilan amalga oshgan. Uning bunda hech bir gunohi yo'kdir. Iblis Yaratganning eng sodiq oshig'i bo'lib, hatto Xudo o'zi buyursa ham odamga sajda qilishni shirk hisoblab, bu ishdan bosh tortgan. Farishtalardan ulug'ligi shundaki, ular Odam yaralgan chog'da unga taъzim qilib egildilar, Iblis esa bu holatni tavhidga zid bilib, rad etdi. Tavhidga eng sodiq maxluq Iblisdir va igu kabi bir qancha qarashlarni ilgari suradi. Bu kabi qarashlar aqidada adashish va turli ixtiloflarni keltirib chiqaradi. Javod Nurbaxsh «Iso sufiylar nigohida» risolasida mazkur fikrni qayd etadi : «Suf i ylar aytadi: «Avliyolik Odam Atodan boshlanib, Isoda intihosiga etgan». Maъlumki, nurbaxshiylar bugungi kunda Evropa mamlakatlari hamda Rossiyada o'z tarafdorlariga ega bo'lib bormoqdalar. Mazkur hudud vakillari xristian diniga mansubligini hisobga olgan holda ularga moslashish va xristianlikdagi baъzi jihatlarni nurbaxshiyada tatbiq etish holati kuzatilmoqda. «Iso sufiylar nigohida» kitobi to'lig'icha Iso payg'ambarga bag'ishlangan bo'lib, unda keltirilgan fikrlar kishida xristianlik va islom ikki nomdagi bir din ekan degan yanglish tushunchani uyg'otadi. Bir qarashda dinlararo yaqinlikni o'rnatayotgandek ko'ringan mazkur risolada eъtiqodga taalluqli qaltis fikrlarni ko'rish mumkin. Ushbu shia tariqati aslida xristianlik g'oyalarini o'ziga ko'proq singdirgani ko'rinadi. Bu esa ushbu tariqat g'oyalarini yanada kengroq: nafaqat musulmon olami, balki xristian olamida ham yoyishga bo'lgan harakatlarini ko'rsatadi. Nurbaxshiya tariqatining hozirgi kundagi faoliyati. 1974 yilda Javod Nurbaxsh g'arbda - Londonning markazida neъmatullohiya xonaqohini ochdi. Keyinchalik esa tariqat xonaqoxdari AQShning San-Frantsisko, so'ngra N`yu-Yorkda ochildi.

Javod Nurbaxsh

keyingi yillarda Vashington, Boston, Los-Anjeles, Santa-Krus, Sietl, Chikago, Sante-Fe va San�Diegoda xonaqohlar ochadi. Tariqat aъzolari ko'paygani sari yana ko'plab xonaqohlar - Avstraliya, Afrika, Kanada, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Shvetsiya va Niderlandiyada bunyod etildi. G'arbda o'z tariqatini kengaytirish va g'arblik o'quvchilar uchun J. Nurbaxsh o'zining sufiylikka oid asarlarini ingliz tiliga tarjima qildi. Uning ilk ingliz tiliga tarjima qilingan kitobi «Xarobalar ichra Mayxona. Sufiylik haqida ettita insho» asari edi. Keyinchalik, 35dan ortiq kitoblari ingliz tiliga, shuningdek, ulardan bir qanchasi fransuz, nemis, ispan, ital`yan va rus tillariga tarjima qilindi. 1989 yilda J. Nurbaxsh o'g'li Alirizo Nurbaxsh muharrirligi ostida chop etiladigan «Sufiy» jurnaliga asos soldi. Mazkur jurnal bir yilda to'rt marta nashr qilinadi. Yillar o'tishi bilan, ushbu jurnalda mashhur yozuvchi va olimlardan Annemari Shimmel`, Sayyid Husayn Nasr, Uil`yam Chittik, Gerbert Meson, Karl Ernst, Xaston Smit, Robert Blay va R. L. Treverslarning ilmiy maqolalari, hikoya va sheъrlari chop etildi. Markazda J. Nurbaxsh asosiy maъruzachi sifatida ishtirok etgan bir necha xalqaro konferentsiyalar o'tkazildi. Birinchi va uchinchi konferentsiyalarga markazdan tashqari London universiteti qoshidagi Afrika va Sharq mamlakatlarini o'rganish maktabi homiylik qildi. Konferentsiyada Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya, Shvetsariya va AQShdan tashrif buyurgan bir qancha taniqli olimlar, sufiyshunoslar qatnashdilar. 1992 yil may oyida, Vashingtonda o'tkazilgan ikkinchi konferentsiyaga ham markazdan tashqari J. Vashington universiteti homiylik qildi. Hozirgi kunda ushbu tariqat rahnamosi Javod Nurbaxshning o'g'li Alirizo Nurbaxshdir.[1][2] [3] [4][5] [6] [7] [8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
  2. Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965
  3. Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994;
  4. Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. - Qohira, 1960;
  5. Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .;
  6. Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin
  7. Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad
  8. Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.