Nozima Abdullayevna Dehqonxoʻjayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dehqonxoʻjayeva Nozima Abdullayevna (1928.20.12, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1987), tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1967). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1949). Vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1958—60), Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti gastroenterologiya laboratoriyada katta ilmiy xodim (1960—69), Protozoy kasalliklar boʻlimi boshligʻi (1971—91), Oʻzbekistan Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mikologiya va protozoy kasalliklar ilmiy markazi direktori (1991 yildan). Lyamblioz kasalligining kelib chiqishi, klinikasi va davosi, zamburugʻ kasalligini qoʻzgʻatuvchi patsilomises turlari ustida tadqiqotlar olib bordi. 1darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni (1996) bilan takdirlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Xronicheskiye zabolevaniya kishechnika u detey, T., 1986; Zaaminellyoz, T., 1995.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil