Novi-sad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Novi-Saddan yoʻnaltirildi)

Novi-sad — Serbiyaning shim. qismidagi shahar. Dunay daryosi boʻyida. Voyevodina muxtor oʻlkasining maʼmuriy markazi. Aholisi 179,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Yuk ortib-tushirish hajmi boʻyicha mamlakatda Belgraddan keyin 2-oʻrindagi dare porti. N.-S. — yirik sanoat shahri. Mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, koʻn-teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamla-katdagi muhim qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Un-t, muzey, kartinalar galereyasi, kurort bor. Shaharda qishloq xoʻjaligi yarmarkalari oʻtkaziladi. 14—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy binolar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil