Noteng nikoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Noteng nikoh
(ruscha: Неравный брак)
Vasili Pukirev, 1862
Moybo'yoq
173 × 136,5 sm
Tretyakov milliy galereyasi, Moskva , Rossiya

Noteng nikoh — rus rassomi Vasili Pukirev tomonidan chizilgan kartina.[1] 1862-yil Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura maktabini tugatganidan soʻng chizilgan. Noteng nikoh kartinasi ilk bor 1863-yilda Tretyakov milliy galereyasida namoyish etilgan.[2] Oʻzining umumiy gʻoyasi, kuchli ifodasi, kundalik syujet uchun gʻayrioddiy oʻlchami va mohir ijrosi bilan u rassomni darhol rus rassomlari orasida eng koʻzga koʻringan oʻrinlardan biriga qoʻydi. Ushbu kartina uchun Akademiya rassomga professor unvonini berdi.

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asr oʻrtalarida qizlarning xohish-irodasiga qarshi holda, yoshi katta insonlarga nikohlab berish xolatlari oʻsha davrning eng ogʻriqli holatlaridan biri edi.[3] Bunday nikohlar zamirida moddiy manfaat, qoʻrquv va shu kabi noxush maqsadlar yotardi. 1854-yilda teatrda shu mavzuga qaratilgan Ostrovskining,,Qashshoqlik illat emas" pyesasi qoʻyiladi, biroz vaqt oʻtib diniy birlashmalar bunday nikohlarni qoralab farmonlar chiqaradi.
Ushbu mavzuda surat yaratishni maqsad qilgan Vasili Pukirev shunday xolatli savdogarlar hayotini oʻrganishni boshlaydi. Ochkoʻzlik savdogarlarning koʻzini koʻr qilishini anglab yetadi.

Rasm ustida ishlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasili Pukirev ushbu rasm ustida 1862-yilda ish boshlagan. Izlanishlarni amalga oshirgandan soʻng va gʻoya tayyor boʻlgandan keyin rassom 36 x 24 oʻlchamda, kichik boʻlgan rasmning xomaki, dastlabki variantini chizadi. Shundan soʻng, katta kartinani yaratishga kirishadi.[4]

Rasm syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qisqa tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzining ijod mahsuli bilan rassom oʻzi yashagan vaqtning beadab axloqini, oʻsha paytdagi pulning barcha narsani hal qila olishini koʻrsatmoqchi boʻlgan.Natsistlar puli, obroʻyi va taʼsiri oldida oddiy qizlar ilojsiz boʻlishgan. Kartinada noilojlikdan oʻz boshini egib olgan yosh qizni va savlat, obroʻ va albatta katta boylikka ega „chol“ni koʻrishimiz mumkin.Orqa fonda ham ikki yaʼni kelin va kuyov tomondagi odamlarga ajratish mumkin boʻlgan ikki guruh odamlarni koʻrish mumkin va ularning yuzida aks etayotgan hissiyotlar bir-biridan keskin farq qiladi. Yana bir eʼtiborli jihati qoʻli koʻksida bukilib turgan kishi — muallif Vasili Pukirevdir.Shu yoʻl bilan u oʻzining shunday „noteng nikoh“ larga qarshi ekanligini va hukumat, boylik va obroʻga ega shaxslarni yoqtirmasligini koʻrsatmoqda…

Personajlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuyov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasili Pukirev suratda oʻzini noteng nikohga qarshi holatda tasvirlagan

Kuyov yaxshi kostyum kiygan, keksa yoshdagi, boy, obroʻli odam sifatida tasvirlangan. Yuzidagi ajinlar uning qariligini bildirib turish bilan birga, yuziga jiddiy tus ham bergan. Uning tushunarsiz xira koʻzlari, qiyshiq lablari, boʻynida Vladimirning II darajali xochi va chap koʻkragida shu tartibga mos keladigan yulduz bor. Qisqichli va qattiq yoqasi uning yuziga harakatsiz va muzlagan koʻrinish beradi va faqat uning koʻzlari kelinga bir oz qiyshaygan.

Kelin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratdagi kelin hali juda yosh qizaloq, bu uning ovalsimon yuzlaridan ham maʼlum. Sochlari ipakdek sargʻish rangda, boʻyi birmuncha past. Boshida chambarak taib olgan. Uning yuzi oqarib ketgan, koʻzidagi yoshi va yerga norizo qarab turishi kartinaga oʻzgacha taʼsir beradi. Kelin ayniqsa toʻy libosida yanayam beayb, pokiza va taʼsirchan koʻrinadi. Qoʻlidagi sham pastga tushirilgan va oʻng qoʻlini nikoh uzugi taqilishi uchun ruhoniyga uzatgan holda turibdi.

Ruhoniy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratdagi ruhoniy biroz egilgan holda, qoshlari orasidan kelinga qaragancha tasvirlangan. Chap qoʻlida diniy kitob, oʻng qoʻlida esa kelinning qoʻliga taʼqish uchun nikoh uzugi.

Boshqa personajlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu xonada ikkita juda gʻalati figura bor. Ikki keksa ayol. Biri kuyovning orqasida, ikkinchisi ruhoniyning orqasida turadi. Bu gʻayrioddiy narsa emasga oʻxshaydi. Toʻyni koʻrgani kampirlar kelishdi. Balki ular kuyovning opalaridir. Ammo keyin savol tugʻiladi: nima uchun ular kelin bilan bir xil gulchambarlarda. Birida hatto oq koʻylak ham bor. Suratdan tushunish mumkinki, ular ham kuyovning xotinlari. Va kuyovga boshqacha nigoh bilan qarab turishibdi. Kelinning orqa tarafida tasvirlangan, voqeadan xunobi oshib turgan va qoʻllarini chalkashtirib olgan erkak Vasili Pukirevning oʻzidir. U bu orqali oʻz noroziligini ifodalagan.[5]

Rasmning prototiplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolay Varentsov versiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki versiyada nomi tilga olingan boy savdogar — Andrey Karzinkin

Birinchi versiyaga koʻra, rasmning syujeti rassomning doʻsti, yosh savdogar Sergey Mixaylovich Varentsov bilan sodir boʻlgan sevgi dramasi bilan bogʻliq. Ushbu versiyada, Sergey Varentsov 24 yoshli Sofya Nikolaevna Rybnikovani sevib qoladi. Lekin qizning otasi yosh savdogarni oʻzlariga muunosib emas deb hisoblaydi va qizini majburan 37 yoshli boy savdogar Andrey Aleksandrovich Karzinkinga nikohlab beradi.[6]

Gribkov va Mudrogel versiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rassomning doʻsti Sergey Gribkov va N. A. Mudrogel tomonidan aytilgan boshqa versiyaga koʻra, rasmda rassomning oʻz sevgi dramasi tasvirlangan. S. Gribkov ushbu voqeani quyidagicha tasvirlaydi:

Suratda Vasili Pukirevning sevgi dramasi tasvirlangan. U yoshligidan sevgan qiz boy amaldorga turmushga beriladi va aynan shu sababli rasmda o'zini qo'llarini chalkashtirgan holatda tasvirlagan.[7]

Keyingi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasm 1863-yilda Sankt-Peterburgdagi koʻrgazmada namoyish etiladi. Rasmni rassomning doʻsti Aleksandr Borisovskiy sotib oladi. Oradan biroz vaqt oʻtib esa, yaʼni 1871-yilda Pavel Tretyakov rasmni 1500 rublga sotib oladi. Shundan buyon surat Tretyakov milliy galereyasida saqlab kelinmoqda.[8] Surat galereyada namoyish etila boshlanganidan soʻng, juda yuqori baholarga loyiq koʻriladi. V.V.Stasov suratni poytaxtning eng mashhur surati deya ataydi va fojeali voqea yoritilganini etirof etadi.
1875-yilda Vasiliy Pukirev „Teng boʻlmagan nikoh“ rasmining nusxasini chizdi, u hozirda Belarus Respublikasi Milliy sanʼat muzeyida namoyish etilmoqda.

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mixail Zoshchenkoning,,Noteng nikoh" nomli hikoyasi bor boʻlib, hikoya boshida ushbu kartinaga taʼrif berib ketiladi.[9]
  • ,,Krematoriy' guruhining,,Muzli qulupnay" nomli albomi muqovasida ushbu kartina tasvirlanganini koʻrish mumkin.


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]