Kontent qismiga oʻtish

Sobitxon Nosirxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sobitxon Hoshimovich Nosirxoʻjayev (1929.28.12, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari doktori (1971), professor (1972). Toshkent yuridik instituting tugatgan (1951). Toshkent politexnika institutida katta oʻqituvchi (1954—64). Toshkent pedagogika institutida dotsent (1964—71), kafedra mudiri (1971—82), demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyeti kafedrasi professor (1989-yildan). Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1983—88). Asarlari Oʻzbekistonda tarix, madaniyat, maʼrifat, milliy gʻoya, istiklol mafku-rasiga masalalariga bagʻishlangan. "Oʻzbekiston ziyolilari" (oʻzbek va rus tillarida, T., 1972), "Siyosatshunoslik fanidan qoʻllanma" (1992), "Prezident Islom Karimovning "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asari milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari, politologiya fanida foydalanish uchun qoʻllanma" (2001), "Maʼnaviyat asoslari" (2003) va boshqa oʻquv qoʻllanmalari muallifi.

  • Siyosatshunoslik lugʻati, T., 1993; Sotsiologiya asoslari, T., 2001.