Nosiriylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nosiriyya (arab. الناصرية) yoki nosiriylik – Marokashning janubida, Tamegrout zoviyasida Sidiy Muhammad ibn Nosir Darva’iy (1603—1674) asos solgan soʻfiylik tariqati boʻlib, shoziliyya tariqatining bir tarmog‘i hisoblanadi. Tariqat ayniqsa XVIII asrda nihoyatda kuchaygan. Markazi Tamegrout boʻlgan. Tamegrout – Marokash janubidagi Draa daryosi vodiysida joylashgan qishloq. U oʻzining mashhur zoviyasi orqali tarixan ilm va din markazi boʻlib xizmat qilgan.