Nosiriddin Rabgʻuziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Nosiriddin Rabgʻuziy — yirik adib va dinshunos. Xorazmning Raboti Oʻgʻuz qishlogʻida tugʻilgan, u yerda qozilik qilgan. Moʻgʻul istilosi davrida yaratilgan birdan-bir yirik asar „Qisasul-Rabgʻuziy“ muallifi. Asar moʻgʻul hukmdori Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan hijriy 710-yilda (milodiy 1310-yil) yozilgan..

72 qissadan iborat bu asar hamd, naʼt, muqaddima, qissalar, lirik kechinmalar va xotimadan iborat. Paygʻambarlik tarixi aks etgan bu qissalar yozilishida Qurʼon va Hadislardagi hikoyatlardan, Abu Is'hoq Nishopuriyning „Qisasul-anbiyo“si va xalq rivoyatlaridan foydalanilgan.

Nashr qilingan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qissasul - Rabgʻuziy. I-II jild, (nashrga tayyorlaganlar: E.Fozilov, H. Dadaboev, A. Yunusov). -T.: 1990.