Nomaʼlum kishi maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Noma'lum kishi maqbarasidan yoʻnaltirildi)

Nomaʼlum kishi maqbarasi — Goʻri Amir meʼmoriy ansamblida mavjud maqbaradir.

Shimoliy qism binolariga borishda yo‘lakning chap tomonida XIV asrda qurilgan yana bir maqbara mavjud. Bugungi kunda yodgorlikning faqatgina buzilgan peshtoq qismi saqlanib qolgandi, u qayta tiklandi. Maqbarada dafn etilgan shaxs to‘g‘risida ham aniq bir maʼlumot yo‘q. Peshtoq g‘oyat ajoyib qoplamasi va undagi lojuvard hamda zangori rangning o‘ta shaffofligi bilan kishi eʼtiborini o‘ziga tortadi. Maqbara yaqinda ilmiy jihatdan tekshirilib, asl bezaklari o‘z holida taʼmir etildi. XII asrda bu yerda ajoyib bezatilgan ulkan bino bo‘lgan. 1968-1974-yillarda binoning poydevori tuproq qatlamlaridan tozalandi. Bu yerdagi yodgorlik O‘rta Osiyodagi ilk inshoatlardan biri bo‘lgan. Madrasa peshtoqi shaklli g‘ishtlar bilan bezatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]