Permanganat kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nmpo4dan yoʻnaltirildi)

Permanganat kislota, HMnO4 — bir asosli kuchli kislota. Tarkibidagi MpO4 anioni tufayli qizgʻishbinafsha rangli. Erkin holda olinmagan, faqat suvli eritmadagina mavjud. Permanganat kislota juda kuchli kislota boʻlib, suvdagi eritmada ionlarga toʻla dissotsila-nadi. Shartli dissotsiatsiya darajasi 0,1 n eritmada 93% ga teng. Permanganat kislotaning angidridi Mp2O7 erkin holda ajratib olingan. Permanganat angidrid yashilroq-qoʻngʻir tusli moysimon su-yuklik. Nihoyatda beqaror, qizdirilganda yoki yonuvchi moddalarga tekkanda portlab, marganets qoʻsh oksid va kislorodga ajraladi. Permanganat kislota va uning tuzlari (permanganatlar) kimyo amaliyotida kuchli oksidlovchi sifatida koʻp ishlatiladi, kaliy permanganat dezinfeksiyalovchi vosita hamdir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil