Kontent qismiga oʻtish

Nizomiddin Ilyos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilyos G'ulomovich Nizomiddinov sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, professor.

Hayoti va hayotiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yil 28-aprel Toshkenda tavallud topgan. 1946-1951-yillarda O'rta Osiyo davlat universiteti sharq fakultetining tarix bo'limida tahsil olgan. 1951-1954-yillarda SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olgan, 1955-yilda institut ilmiy kengashida “Сейстанский вопрос” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1976-yilda ToshDU tarix fakultetiga – O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. U yerda talabalarga O‘zbekiston tarixi, O‘zbekistonning xorijiy Sharq mamlakatlari bilan aloqalari hkurslaridan dars beradi. I. Nizomiddinov 1981-yilda O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutining ilmiy kengashida "XV asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligi va "Mo'g'ullar Hindistonda" degan mavzuda diddertatsiya yoqlab,tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Olimga 1976-yilda olimga dotsentlik va 1982-yilda esa professorlik ilmiy unvonlari berildi. Tarixchi olimning o'z ijodiy faoliyati davomida 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, monografiya va risolalar yozib chop etilgan. I. Nizomiddinov 1987 yil 4 noyabrda vafot etdi.

Asosiy ilmiy ishlari:

  1. 1. Сейстанской вопрос. "Из истории вмешательства Англии в Ирано афганские дела - Ученые записки Ташкентского пед. института, вып 14, ч. Т., 1958
  2. 2. Sayyohlarning yozganlari (X-XIX asrlar). T., 1960
  3. 3. O'rta Osiyo chet el Sharqi bilan munosabatlari. T., 1961
  4. 4. Amir Xusrav Dehlaviy. T., 1969
  5. 5. Boburiylar davlati. T., 1987

[1]

  1. Abdusamatov, Malik. O'zbekiston sharqshunoslari, Toshkent, 1996 — 117 bet.