Nina Lussi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nina Lussi (1994-yil 29-martda, Nyu-Yorkning Lake-Plasid shahrida tugʻilgan) — amerikalik changʻidan sakrovchi va toʻrt karra Amerika mamlakatsh chempioni. Yosh changʻichi sifatida Lussi maxsus sakrash va Nordic Combined boʻyicha bir nechta oʻsmirlar olimpiya chempionligini qoʻlga kiritgan[1]. U yengil atletika bo‘yicha 400 metrga va uch hatlab sakrashda ham ishtirok etgan. Uning xalqaro musobaqadagi debyuti 2009-yilda Slovakiyaning Strebske Pleso shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bo‘lib, u yerda 26-o‘rinni egallagan[2]. Nina Lussi 2013-yilda Avstriyaning Stams universitetini tamomlagan va Yuta universitetida biznes yoʻnalishida oʻqishni davom ettirgan[3].

Lussining eng yaxshi natijalari Shvetsiyaning Falun shahrida boʻlib oʻtgan Qitʼa kubogi musobaqalari (2014-yil birinchi va ikkinchi mart kunlari) boʻlib, u mos ravishda 1 va 2-oʻrinlarni egallagan. Uning jahon chempionatidagi ilk starti Avstriyaning Hinzenbach shahrida bo‘lgan (2012-yil 4-fevral)[4]. Lussining shaxsiy eng yaxshi koʻrsatkichi Sloveniyaning Planitsa shahrida 135 metrni tashkil etgan.

Nina Lussi — figurali uchish boʻyicha ham juda yaxshi natijalarni qayd etgan. bu natijalarga erishishida uning ham ustozi ham buvijonisi katta rol oʻynagan. Nina Lussi mashhur murabbiy Gustav Lussining nevarasi boʻlgan. Uning ikkita ukasi Miles va Danielle bor, ular changʻida sakrash sport turiga qadam qoʻyishga harakat qilmagan. Miles Kaliforniya Politexnika Davlat Universitetining San-Luis-Obispodagi suv changʻisi sportchisi. Danielle Garvard universiteti talabasi va polo jamoasida, shuningdek, Garvard Crimson uchun yozuvchi[5]. Nina Lussi hozir ham sport musibaqalarida faol ishtrok etib kelmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. See https://skiracing.com/?q=node/6656 and http://nysefnordic.wordpress.com/2008/02. Retrieved January 13, 2013.
  2. „FIS Junior World Ski Championships Strbske Pleso (SVK)“. www.fis-ski.com. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  3. See http://www.schigymnasium-stams.at/sport/sprunglauf/schuelerinnen.html (Wayback Machine saytida 2013-06-16 sanasida arxivlangan) Retrieved January 13, 2013.
  4. „LUSSI Nina - Athlete Information“. www.fis-ski.com. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  5. „Danielle L Lussi | Writer Page | The Harvard Crimson“. www.thecrimson.com. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.