Usto moʻmin
Usto moʻmin (taxallusi; asli Nikolayev Aleksandr Vasilyevich) (1897.30.8, Voronej 1957.27.6, Toshkent) — rangtasvir ustasi, grafik rassom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskvadagi Bichkuri rassomlik studiyasida (1916—18) va erkin ustaxonalarda taʼlim olgan. 1920-yildan Oʻzbekistonda. Koʻpgina asarlarini levkasga tempera usulida ishlagan. U.M. ijodining maʼlum davrida miniatyura sanʼati taʼsirida asarlar yaratgan ("Kuyov", "Sallali yigit", "Bedanabozlar" — 20-yillar). U.M. ijodi uchun realistik rasmning aniq va tugallanganligi xos, obrazlarning badiiy ifodasida mayin chiziklar, jonli shakllar muhim ahamiyat kasb etgan: "Bahor" (1924), "Boy" (1932), "Xoʻja Nasriddin bozorda", "Uygʻur raqsi" (1944) va boshqa Abdulla Qodiriyning "Obid ketmon" (1935), M. Kozimiyning "Koʻrqinchli Tehron" va boshqa asarlarni badiiy bezagan. "Pravda Vostoka", Us to Moʻmin (A. Nikolayev). "Bahor" (1932).
"Qizil Oʻzbekiston" gaz.lari, "Mushtum" jurnalda ishlab, rayem va karikaturalari bilan qatnashgan, plakatlar yaratgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |