Nikolay Shmit yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Shmit haykali ― 1905-yilgi inqilob qatnashisi xotirasiga oʻrnatilgan barelyef-yodgorlik.Nikolay Shmit RSDLP aʼzosi boʻlgan. U 1971-yil 9-dekabrda Shmitovskiy proezd xiyoboniga oʻrnatilgan. Loyiha mualliflari — haykaltaroshlar Gennadiy Dmitriyevich Raspopov, V.I.Yudin va meʼmor G.P.Karibov[1][2][3]. 1992-yilda u mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy meros obyekti maqomini olgan[4].

Yodgorlik granit plitalar bilan qoplangan kub shaklidadir. Uning yuzalaridan birida bronzada inqilobchining yuzi tasvirlangan. Ikkinchisida esa mis taglavha bor. Unda „Shmit Nikolay Pavlovich, inqilobchi talaba, Presnyada 1905-yil dekabr qurolli qoʻzgʻoloniga tayyorgarlik koʻrishda faol ishtirokchi. 1907-yil 13-fevralda u Butirka qamoqxonasida Chor Rossiyasi maxfiy politsiyasi tomonidan shafqatsizlarcha oʻldirildi“[5][6][7] mazmunidagi bitiklar bitilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Нарочницкий 1980.
  2. Белявский 1978.
  3. „Постановление Правительства Москвы № 672-ПП «Об утверждении границ территорий объектов культурного наследия (памятников истории и культуры), расположенных между Садовым кольцом и границей Центрального административного округа города Москвы»“. Интернет-портал «MosOpen.ru — Электронная Москва» (2010-yil 3-avgust). 2018-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  4. „Решение Президиума Московского городского совета народных депутатов (Моссовета) № 84 «О памятниках истории и культуры г. Москвы»“. Министерство культуры РФ (1992-yil 30-iyul). 2020-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  5. Кожевников 1983.
  6. История СССР 1985.
  7. Мячин 1982.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]