Nikolay Nekrasov yodgorligi Moskva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Nekrasov haykali — rus shoiri, yozuvchisi va publitsisti Nikolay Nekrasov xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik. 1960-yilda yozuvchi nomi bilan atalgan 613-maktab yaqinidagi Bolshoy Xaritoniyevskiy koʻchasidagi 13/9-uy hovlisida oʻrnatilgan. Loyiha mualliflari haykaltarosh Iosif Chaykov va meʼmor Anatoliy Andreyevich Usachevlardir[1][2][3]. 1997-yilda mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy meros obyekti sifatida tan olingan[4][5].

2009-yilda maktab hududi Oliy arbitraj sudining yangi binosini qurish uchun berildi. OAS ning yodgorlikni koʻchirish toʻgʻrisida bergan arizasini Moskva Dumasining monumental sanʼat boʻyicha komissiyasi maʼqulladi va haykalni Yauzskiy bulvariga koʻchirishga qaror qilindi[6][7]. Ammo keyinroq, 2010-yilda oʻrnatish joyi yana oʻzgartirildi va yodgorlik Nikolay Nekrasov nomidagi markaziy shahar jamoat kutubxonasi shoxobchasiga oʻrnatildi. Haykalni demontaj qilish va koʻchirish boʻyicha barcha ishlar federal byudjet hamda sudning oʻz hisobidan amalga oshirildi[8][9][10].

Belgacha ishlangan bronza byust granit tagkursiga oʻrnatilgan. Shoir qoʻllarini koʻkragiga bogʻlagan holda tasvirlangan. Boshi chapga burilgan, koʻzlari uzoqqa tikilgan[11][12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Вострышев 2009.
  2. Государственный историко-литературный музей-заповедник А.С. Пушкина 2000.
  3. „Приказ Департамента культурного наследия города Москвы «Об утверждении границ территории объекта культурного наследия регионального значения „Памятник поэту Некрасову Н. А., 1960 г., ск. Чайков И. М., Усачев А.А“ и режима использования его территории»“. Официальный портал Мэра и Правительства Москвы (2018-yil 5-iyun). 2018-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  4. „Постановление Правительства Москвы «Об утверждении списка памятников истории и культуры, исключенных Указом Президента Российской Федерации № 452 от 5 мая 1997 г. из Перечня объектов исторического и культурного наследия федерального (общероссийского) значения и рекомендованных для отнесения к категории памятников истории и культуры местного значения»“. Министерство культуры РФ (1997-yil 11-noyabr). 2019-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  5. „Постановление Правительства Москвы № 39-ПП «О государственной регистрации прав на недвижимые объекты монументального искусства, отнесенные к объектам культурного наследия»“. MosOpen.ru — Электронная Москва (2007-yil 23-yanvar). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  6. „Памятник Некрасову переместят на Яузский бульвар (Москва)“. ИА REGNUM (2009-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  7. Леонид Смирнов. „Некрасова - на Яузу, Магомаева - в ограду“. ИА «Росбалт» (2009-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  8. „Памятник Некрасову в Москве будет перенесен на Яузский бульвар“. REGIONS.RU / Новости Федерации (2009-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr. [sayt ishlamaydi]
  9. „Памятник Некрасову в Москве перенесут на Космодамианскую набережную“. INTERFAX (2010-yil 20-avgust). Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  10. „Мосгордума решила перенести памятник Некрасову“. Лента.Ру (2010-yil 10-mart). 2010-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  11. Кожевников 1983.
  12. Шокарев, Вострышев 2018.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]